Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BAG’DODDA KO’P QAVATLI UYLAR QURILMOQDA

×

 2020-10-21 08:38:53    71

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov joriy yil 10 oktyabr kuni Bag’dod tumanida bo’lib, bu yerdagi qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishgan edi. Tashrif davomida mutasaddilarga yozda salqin, qishda issiqlikni ta'minlovchi, zamonaviy qurilish materiallaridan foydalangan holda ko’p qavatli uylar qurilishini ko’paytirish va bunyodkorlik ishlariga xususiy sektor vakillarini jalb etish hamda 21 ta qo’shimcha ko’p qavatli uylar qurish bo’yicha topshiriqlar bergan edi. Mutasaddilar tomonidan bu bo’yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Bugun Guliston qishlog’i haqiqiy bunyodkorlik maydoniga aylandi. Ayni paytda hududda 26 ta ko’p qavatli uylar qurish bosh loyihasi ishlab chiqildi. Shundan 12 tasiga tamal poydevorlari qo’yilib, qurilish ishlari boshlandi. 

Viloyat hokimi qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan ushbu uylarni arzon va sifatli qurish topshirig’ini berdi, 1 kv metrni 3 mln so’mdan oshirmaslik kerakligini ta'kidladi. Eng asosiysi ushbu uylar quruvchi tadbirkorlar mablag’lari hisobidan quriladi. Qurilishga kredit yuki uy oluvchiga tushmaydi. Ushbu uylarni barcha uy joyga muhtoj oilalar olishi mumkin va hozirdan boshlang’ich to’lovlarni qabul qilish boshlanadi. Shuningdek, ipoteka kredit orqali ham berish yo’lga qo’yiladi.

- Eng muhimi, bunyodkorlik ishlariga xususiy sektor vakillarini ko’proq jalb etish kerak va qurilayotgan uylarning narxi talabgorlarni qoniqtiradigan bo’lsin, - dedi viloyat hokimi. - Quruvchi tashkiloti o’z mablag’lari evaziga uyni qurib bitkazsa, bank kreditiga ehtiyoji yo’q bo’lsa, shundagina uylarning narxi baland bo’lmaydi. Shuning uchun bizga har tomonlama salohiyatli, iqtisodiy jihatdan barqaror quruvchilar kerak. Yangilanayotgan O’zbekistonni ana shunday bunyodkorlar barpo etyapti. Ijtimoiy soha ob'ektlari, yo’llar va piyodalar yo’laklari, aholiga xizmat ko’rsatish va dam olish maskanlari tarmoqlarini yuzaga keltirish, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash esa – bizning vazifamiz.

Dasht hududida shaharcha qurilishi dastavval ko’pchilikka erish tuyuldi. Markazdan 10-15 chaqirim masofada qad ko’taradigan uylarga kimning ehtiyoji bor, deya gumonga borganlar bo’ldi. Lekin bunda ijtimoiy soha ob'ektlari–maktab, bog’cha, tibbiyot muassasasi hamda sanoat korxonalarining ham barpo qilinishi bu uylarga bo’lgan qiziqishni sezilarli darajada oshirdi. Zotan, yangi qurilayotgan ko’p qavatli uylar farzandiga uy-joy izlab, yangi boshpanaga ehtiyoj sezayotgan oilalar uchun Vatan bo’ladi.

Farg’ona viloyati hokimligi