Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TIL-MILLATNING MA'NAVIY BOYLIGIDIR

×

 2020-10-22 00:17:34    76

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi Alisher Navoiy hiyobonida ona tilimizni sharaflashga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi. 

Unda viloyat hokimligi, boshqarma va tashkilotlari, ta'lim muassasalari vakillari, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar, iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ochdi va qutlug’ tantanaga jam bo’lganlar, ular orqali barcha farg’onaliklarni o’zbek tili bayrami bilan qutladi.

- Ona tilimizning bugungi qadr-qimmati va nufuzi yuksalayotgani, uning rivoji yo’lida davlat siyosati darajasida ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani barchamizni quvontiradi. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT yuksak minbaridan turib o’zbek tilida so’zlagan tarixiy ma'ruzasi qalblarimizga faxr va iftixor tuyg’ularini berish bilan birga, tilimizning xalqaro maydonda e'tirof etilayotganini anglatadi, - dedi viloyat rahbari. – Har bir vatandoshimiz tafakkurida milliy o’zligimiz timsoli, millatning ruhi va orzu-umidlarining ifodasi bo’lgan ona tilimizga so’nmas muhabbat jo’sh ursagina, o’zbek tili nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda o’zining munosib mavqeyini egallaydi.

O’zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Senati a'zosi Enaxon Siddiqova Prezidentimizning “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori o’zbek tili bayrami arafasida qabul qilingani, dunyoga hazrat Navoiydek ulug’ zotni bergan milliy tilimizning beqiyos so’z boyligi, jozibasi, cheksiz ifoda imkoniyatlarini keng o’rganish hart qachongidan muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Shoiraning dilbar satrlarida o’zbek tiliga bo’lgan muhabbat va sadoqat ifodasi aks etdi.

Farg’ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Siddiqjon Mo’minov bugungi kunda dunyoning 60 dan ortiq davlatlari 100 dan ziyod oliy o’quv yurtlarida o’zbek tili o’qitilayotganini e'tirof etdi. Uning dunyo ahli o’zbek xalqi va tili tarixini o’rganishga ishtiyoqi oshgani, qolaversa, bobomiz ijodining asosini so’zga, tilga e'tibor masalasi ustuvor ekanligi haqidagi mulohazalari diqqatga molik bo’ldi.

Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyot, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ijodkor o’quvchilari “Qadring baland bo’lsin, ona tilim!” mavzusidagi badiiy kompozitsiyani namoyish qilishdi. 

Sharifaxon Iskandarova, Muhammadjon Hakimov, Bekzod Qobulov, Ilhom Madrahimov, Zuhra Aliyeva singari tilimiz jonkuyarlariga “Ma'naviyat fidoyisi” ko’krak nishoni topshirildi.

Tantanali marosimda o’zbek tili asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga ehtirom gullari qo’yildi.