Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZAROV: ERTANGI KUN ISTIQBOLI UCHUN BARCHAMIZ MAS'ULMIZ

×

 2020-10-22 00:53:49    127

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov shahar-tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi”ga ko’ra amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida O’zbekiston tumanida bo’ldi.

Viloyat hokimi dastlab tumandagi “Turon eco cement group” MChJ korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxona 2019 yilda faoliyatini boshlagan bo’lib, loyiha qiymati 140 mlrd.so’mni tashkil etadi. Korxonada yuqori markali portland tsement ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi samarasi sifatida 500 ta yangi ish o’rni yaratilgan.

Tumandagi “Knauf Gips Fergana” MChJ qo’shma korxonasi Germaniyaning “Knauf International GmbH” kompaniyasi ta'sischiligida tashkil etilayotgan mazkur zavod ishga tushishi bilan yiliga 16 mln. kv.metr gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 17,7 mln. AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqarish va uning 89 foizini ichki bozorga, 11 foizini esa eksportga chiqarish mo’ljallangan.

Yillik eksport hajmi 2 mln. AQSh dollarini tashkil etadigan korxona mahsulotlarini qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston respublikalariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Viloyat rahbari korxonada olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, zamonaviy texnologiyalar o’rnatish borasida texnik direktor Aleksey Mixaylov hamda quruvchi-mutaxassislar bilan samimiy suhbatlashdi.

Shuningdek, Xayrullo Bozarov “Turon” futbol klubiga ham tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar, futbol akademiyasi tashkillanishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi. Klubning kelajakdagi rejalari mutasaddilar ishtirokida o’rganib chiqildi.

“Turon” klubi a'zolari bilan uchrashuv o’tkazib, futbolchilar bilan yaqindan tanishdi. Pro-Liganing navbatdagi uchrashuvlari oldidan klubga omad tilab, endilikda “Turon”ga yaqindan ishqibozlik qilishini ta'kidladi. O’z navbatida klub rahbariyati tomonidan viloyat hokimiga esdalik uchun klubning 12-raqamli libosi topshirildi.

Shu kuni viloyat va tuman sektor rahbarlari ishtirokida tumandagi “Odiljon” fermer xo’jaligi paxta dalalarida ham uchrashuv o’tkazildi. Viloyat rahbari terimda ishtirok etayotgan terimchilar bilan suhbatlashib, ularga esdalik sovg’alarini taqdim etdi.

Fermer xo’jaligi rahbari bilan kuzgi agrotexnik tadbirlarni o’z muddatida va sifatli amalga oshirish yuzasidan suhbatlashildi.

Tashrif davomida “Yangi Obod Mash Tex Servis” MChJ klaster korxonasida ham bo’lgan viloyat hokimi 2021 yilgi hosilga mas'uliyat bilan yondashish zarurligi va belgilangan agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, unumdorligi yuqori bo’lgan texnikalardan foydalanish lozimligiga e'tibor qaratdi.

Bu yil tumanda 5 ming 200 gektar yerda kuzgi shudgorlash ishlari rejalashtirilgan bo’lib, bu dolzarb tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rilmoqda. Haydov traktorlari yana bir bor texnik ko’rikdan o’tkazilib, joriy ta'mirlanmoqda. Shudgorlash ishlarini tizimli tashkil qilish maqsadida 11 otryad tuzilib, ularga 24 ta yuqori unumli traktorlar jalb etilgan.

Viloyat rahbari texnikalar zamonaviy bo’lishi va ayni paytda bir mavsumga talab etiladigan ehtiyot qismlar bilan yetarli darajada ta'minlanishi, o’g’it va yoqilg’i ta'minoti uzluksizligi, mavsum ishtirokchilari munosib tarzda rag’batlantirilishi borasida tegishli tavsiyalar berdi.

Farg’ona viloyati hokimligi