Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARAFONDA TO’RT MINGGA YAQIN SPORT IXLOSMANDLARI ISHTIROK ETDI

×

 2020-11-11 20:04:47    73

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida “Yangi nafas” dasturi doirasida “Save Aral” xalqaro ekomarafoni sport musoqabasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Marafonda yugurish sport turiga qiziqqan qariyb to’rt mingga yaqin yoshlar hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish salomatlikni mustahkamlashda katta o’rin tutadi. Shu bois ham mamlakatimizda sportning ommaviyligini ta'minlashga alohida e'tibor berilmoqda.

Mazkur musobaqa Al-Farg’oniy ko’chasidan boshlanib, Islom Karimov nomidagi teatr va kontsert saroyi xiyobonida yakuniga yetdi.

2003-2004 yillarda tug’ilgan o’g’il bolalar o’rtasida Nasimjon To’ychiyev, qizlar o’rtasida esa Arofat Imomaliyeva birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. “Eng yosh qatnashchi” nominatsiyasida Mohlaroy Usmonova, “Mutloq ayol” nominatsiyasi bo’yicha Mohina Komilova, “Mutloq o’g’il bolalar” nominatsiyasida Nurmuhammad Qosimov g’olib bo’ldi. Shuningdek, boshqa nominatsiyalar bo’yicha ham g’oliblar aniqlandi.

Mazkur tadbir doirasida aholi orasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish maqsadida “Sog’lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish ommaviy marafoni o’tkazildi. Viloyat hokimi o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Farg’ona shahar hokimi Hamidjon Habibiddinov ishtirokchilar bilan birgalikda unda ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimi kontsert dasturiga ulanib ketdi. San'atkorlarning qo’shiqlari musobaqa ishtirokchilari hamda tomoshabinlar kayfiyatiga ko’tarinkilik ulashishga xizmat qildi.