
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
XAYRULLO BOZAROV: BEKTEMIRNING HAR BIR G’ALABASI YOSHLARIMIZGA IBRATDIR!

2020-11-23 19:39:40 95
Boks bo’yicha Osiyo chempioni, Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo’ziyev Farg’ona farzandi. Ayni damda faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan bu sportchining har bir yutug’idan farg’onaliklar doimo faxrlanishadi.
Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov WBO Intercontinental kamari sohibi Bektemir Meliqo’ziyevni oltinchi g’alabasi bilan tabrikladi.

Viloyat hokimi bokschining professional boksning super o’rta vazn toifasida erishgan g’alabalari, sportdagi yutuqlarini alohida e'tirof etib, esdalik sovg’alarini topshirdi.

- Sport nafaqat sog’lik garovi, balki mamlakatni dunyoga tanitguvchi tinchlik elchisi hamdir. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullangan farzandlarimiz har tomonlama sog’lom va komil insonlar bo’lib yetishishiga hech qanday shubha qolmaydi. Bektemirning har bir g’alabasi Prezidentimiz tomonidan bu sohaga bo’lgan e'tibor va g’amxo’rlikka javob bo’lsa, ikkinchi tomondan yoshlarimizga ibrat maktabi bo’lishi muqarrar, - dedi viloyat hokimi.
Bektemir Meliqo’ziyev 30 oktyabr kuni Indio shahrida (Kaliforniya, AQSh) bo’lib o’tgan boks shousi doirasida WBO Inter Continental kamari uchun jangga tushdi.
24 yoshli Bektemir Meliqo’ziyev uchinchi davrada meksikalik Alan Kempni mag’lub etdi. Ikkinchi raundda o’zbekistonlik bokschi raqibini ikki marta yiqitdi, uchinchisida ham meksikalik bokschi nokdaunga uchraganidan so’ng hakam jangni to’xtatdi.
Shu tariqa B.Meliqo’ziyev professional boksdagi oltinchi g’alabasini nishonladi. B.Meliqo’ziyev ushbu g’alabasi orqali WBO Intercontinental kamariga ega chiqdi.


Hamyurtimizni bu katta g’alabasi bilan muborakbod etamiz.
Farg’ona viloyati hokimligi