Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


10 MINGDAN ORTIQ EHTIYOJMAND OILAGA SAXOVAT KO'RSATILDI

×

 2020-12-26 11:19:24    101

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda xayrli ishlar yanada keng quloch yozmoqda. “Vaqf” fondi tomonidan kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.



Ijtimoiy ko’makka muhtojlar holidan xabar olish, ularga saxovat ko’rsatish xalqimizga xos qadriyatlardan hisoblanadi. Pandemiya davrida yurtdoshlarimiz bir-birini qo’llab-quvvatlab, savobli ishlarni amalga oshirgani buni yaqqol ko’rsatib turibdi. “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida qiyin ahvolga tushib qolgan hamda ehtiyojmand oilalarga har tomonlama yordam berilib, dalda bo’lindi. Koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta'sirini yumshatish va ko’makka muhtoj oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash maqsadida viloyatdagi ehtiyojmand oilalarga 94,1 milliard so’mlik moddiy yordam pullari va zarur mahsulotlar tarqatildi.



Ayni kunda viloyatda 1 ming 41 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 10 ming 410 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ehson tayyorlanmoqda. Unda mol, tovuq go’shti, un, o’simlik yog’i, choy, guruch, makaron, mosh, loviya, no’xot kabi mahsulotlar bor. Mazkur mahsulotlar sanitariya-gigiyena talablarga rioya qilingan holda ehtiyojmand oilalarga yetkaziladi.

Farg’ona viloyati hokimligi