
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
YAGONA YO’LIMIZ – TADBIRKORLAR SONINI KO’PAYTIRISH, ODAMLARNI ISHBILARMON QILISH

2021-01-04 16:13:46 158
Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarovning tashabbusi bilan hududlarda jumladan, Farg’ona shahrida tashkil etilgan “Tadbirkorlar uyi”da amalga oshirilayotgan ishlardan ko’zlangan maqsad hudud farovonligini oshirish, aholi turmush tarzini yaxshilash, tadbirkorlar sonini ko’paytirish, bor tadbirkorga ko’proq sharoit yaratish chunonchi, kommunal xizmat turlari, kredit masalasi, davlat va hukumat tomonidan qilinishi zarur bo’lgan boshqa masalalarni hal etishga ko’maklashishdan iboratdir.
Xabar berib borayotganimizdek, haftaning ilk kunida viloyat rahbari tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilmoqda. Uchrashuvga tadbirkorlik sub'ektlari yangi loyihalar, investitsiya kiritish taklifi bilan kelayotganliklari quvonarli, albatta.

Bu galgi uchrashuvga 32 nafar ishbilarmonlar tashrif buyurishib, ular tomonidan kichik sanoat zonasidan yer maydoni ajratish, xususiy tug’ruqxona qurish, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yer maydoni ajratish, buzilgan bino inshooti uchun kompensatsiya pulini olish, bo’sh yer maydoniga ishlab chiqarish tsexi va savdo do’koni qurish uchun ruxsat olish, kredit muddatini uzaytirish va boshqa masalalar bo’yicha murojaatlar qilindi.



Tadbirkorlarning har bir murojaati masalaga dahldor mutasaddi idora vakillari ishtirokida tahlil etilib, ularning aksariyati ijobiy hal etildi. Muddat talab etadigan murojaatlar esa tegishli mas'ullarga biriktirildi va muammoning ijobiy yechimi bo’yicha topshiriqlar berildi.

Ma'lumot uchun, shu kunga qadar “Tadbirkorlar uyi”da bu kabi uchrashuvlar 10 marotaba o’tkazilib, unda 500 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Farg’ona viloyati hokimligi