Шрифт ўлчами Ранг Расм

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Очиқ маълумотлар (бюджет)

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР

Фарғона вилояти ҳокими
Бозаров Хайрулло Хайитбаевич

Ижтимоий тармоқлар

Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш мақсадида ажратиладиган имтиёзли кредит ҳисобидан фуқароларга маҳсулот етказиб берувчи таъминотчи корхоналарнинг рўйхати
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Фарғона вилояти инвестицион салоҳияти

Сайтни бахолаш




Янгиликларга обуна бўлиш

Ҳозир сайтда 91 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
Ишонч телефонига берилган бахолар


YUKSAK MA’NAVIYATLI AVLOD

 2017-06-02 10:34:37    114

PDF юклаш
Чоп этиш


ta’lim-tarbiyasida ijtimoiy hamkorlik, keng dunyoqarash va bilim muhim ahamiyatga ega

 

2016 yil avgust oyida qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonun ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Bu borada davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni mazmun-mohiyatida ham barkamol avlodni tarbiyalashda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash alohida ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, ta’lim sohasi islohotlari jarayonida bir-biri bilan uzviy bog’langan ikki muhim vazifa: tarbiyada oilaning rolini kuchaytirish hamda mutasaddi tashkilotlar va muassasalarning o’zaro manfaatli hamkorligini yo’lga qo’yish masalasi turibdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston liberal - demokratik partiyasi ham yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, o’z mustaqil ish faoliyatini yo’lga qo’yishlariga ko’maklashishni o’zining dasturiy vazifalaridan biri sifatida belgilab olgan. “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlari ana shu yo’ldagi katta ko’lamdagi ishlarning bir namunasidir. Insonning etuk salohiyatga ega bo’lishi uning  bilim va malakasi, hayotiy tajribasiga bog’liq. Bunday salohiyatga ega bo’lmaganlar turli yot g’oyalar, turli oqim va guruhlarga ergashayotgani, ularning milliy mentalitetimizga xos bo’lmagan xatti-harakatlari barchani birdek tashvishlantiryapti. Bu tanaga turli yovvoyi vahshiy hayvonlar rasmini igna bilan tushirish, beo’xshov soch-soqol o’stirish, giyohvand moddalar, spirtli ichimliklarga ruju qo’yish kabi ko’plab xolatlarda namoyon bo’lmoqda. Afsuski, bunday holatlar yoshlarimiz orasida ham uchrab turibdi.

Zamonaviy savodxonlik darajasi bugun ta’lim tizimiga tabora keng kirib borayotgan kompyuter texnikasi, internet tarmog’i, planshet va  qo’l telefoni kabi axborot vositalaridan foydalana olishga bog’liq bo’lib qolar ekan, barchamizdan ta’lim tizimi bilan yaqin hamkorlik qilish, farzandimiz ongu-tafakkurida  yuz berayotgan o’zgarishlarni vaqtida sezish, ulardagi har bir o’zgarishni jiddiy nazorat qilib borish kerak bo’ladi.

Yoshlarni turli yot g’oyalar, diniy aqidaparastlik, ommaviy madaniyat ta’siriga tushib qolishining oldini olish masalasi bizdan ta’lim muassasalari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishda elkama-elka turish uchun dunyoviy va diniy ma’rifatdan etarlicha boxabar bo’lishni talab etadi. Ming afsuski, bugun biz dunyoviy bilimlarni egallash bilan bog’liq muammolarga  qaraganda ko’proq diniy ma’rifat, diniy madaniyatni to’g’ri shakllantirishga xalaqit berayotgan turli yot g’oyalarga qarshi kurashishda mas’uliyatni teran anglab etmayapmiz. Buning natijasida biror-bir ijtimoiy foydali mehnat, kasb-hunarga ega bo’lmagan, aytish mumkinki, ruhiy jihatdan ta’sirchan bo’lgan yoshlar buzg’unchi diniy oqimlar ta’siriga tushib qolmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” nomli asarida dinning inson hayotida tutgan o’rnini ta’riflab shunday yozadi: “Barchamizga yaxshi ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to’g’risidagi orzu-armonlarini o’zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalari shaklida mustahkamlab kelayotgan g’oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir”.

Bu o’rinda yoshlarni ma’rifatli qilib tarbiyalash hamda turli yot g’oyalarga nisbatan immunitetini kuchaytirish borasida gap ketganda, eng avvalo, ota-onalar, ustoz-murabbiylarning shaxsiy namuna ko’rsatishiga alohida urg’u berish kerak. Hozirgi kunda ba’zi ota-onalar farzandlarining ma’naviy kamolotiga etarli e’tibor qaratmay, ko’p hollarda o’zlari istamagan holda ma’naviy qashshoqlik sari yo’l ochib berayotganliklari achinarlidir. Natijada yoshlardagi ma’naviy kamolotga erishish uchun tabiiy ehtiyojni sezgan yot g’oya targ’ibotchilari ushbu vaziyatdan samarali foydalanib, osongina ularning qalbiga kirishga muvaffaq bo’lishyapti. Bugun o’z oilasi, farzandlari taqdiri, tinch-osoyishta va farovon hayot, qolaversa, yurt kelajagi uchun daxldorlik tuyg’usini teran tushunib etgan har bir inson bu kabi illatlarga qarshi kurashishda faollik hamda fidoyilik ko’rsatishi zarur.