Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 147 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDAGI MEXANIKA ZAVODINING YOTOQXONASI TO’LA TA'MIRLANADI

×

 2021-03-05 11:34:33    72

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona shahridagi Nodirabegim MFY Navoiy ko’chasida joylashgan Mexanika zavodining yotoqxonasida yashovchilarning turmush sharoiti bilan tanishdi. 

1967 yilda qurilgan bu bino, 20 yildan beri umuman ta'mirlanmagan. Bu yerda yashovchi 46 ta oilada 120 nafar fuqaro qiyin ijtimoiy sharoitlarda yashab kelmoqda. Mexanika zavodining soliq bo’yicha milliardlab qarzlari birikib qolgani uchun, bu yerda yashovchilarga xonadonlar bo’yicha qonuniy yashash huquqi belgilab berish imkoniyati ham bo’lmagan. Bino tomidan suv o’tadi, elektr, isitish, suv ta'minotida muammolar mavjud. 

Viloyat hokimi yotoqxonada yashovchilar bilan birma bir suhbatlashib, ularning murojaatlarini tingladi. Binoni viloyat hokimligi balansiga o’tkazish hamda uni kapital ta'mirlash bo’yicha ishlarni boshlash bo’yicha ko’rsatma berildi. Bino ta'mirdan chiqarilgach, ijtimoiy ijara tamoyilida yashovchilarga taqdim etiladi.

Yashash sharoitini yaxshilash bo’yicha viloyat rahbariga murojaat qilgan fuqarolarga bu yil shaharda 334 ta arzon ko’p qavatli turar-joy barpo etilishini, subsidiya to’lanadigan muhtoj oilalarni ijtimoiy mezonlar asosida tanlash va subsidiya to’lash jarayonlarini avtomatlashtirilishi ma'lum qilindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube