Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI 31 NAFAR BITIRUVCHILARINING 29 NAFARI OTM TALABASIGA AYLANGAN OLTIARIQ TUMANIDAGI 1-IDUMNING 1-SINF O’QUVCHILARIGA PREZIDENT SOVG’ALARINI TOPSHIRDI

×

 2021-09-06 12:21:34    138

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Oltiariq tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida tashkil etilgan “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirida ishtirok etdi va maktabning 1-sinf o’quvchilariga Prezident sovg’alarini topshirdi.

O’qituvchi va o’quvchilarni yangi o’quv yili bilan qutlagan viloyat hokimi, 31 nafar bitiruvchilarining 29 nafari OTM talabasiga aylangan ushbu o’quv dargohini muvaffaqiyatlar bilan tabrikladi.

Bu yil ilk bor maktabga qadam qo’ygan o’quvchilarga hokim tomonidan viloyatdagi umumta'lim maktablarining 1-sinflariga borgan 62839 nafar o’g’il-qiz qatori Prezident sovg’alari taqdim etildi.

Xayrullo Bozorov, 2020 yil sentyabrda Farg’ona viloyati hokimi etib tayinlangach, o’z faoliyatining ilk kunlarida viloyatda o’z o’rniga ega ushbu ta'lim muassasasi faoliyati bilan tanishish uchun tashrif buyurgandi. O’rganish jarayonida maktabga qo’shimcha o’quv korpusi lozimligi aniqlanib, viloyat hokimining ko’rsatmasi bilan mahalliy byudjet hisobidan qurilish ishlari uchun 2,5 milliard so’m, jihozlash uchun 580 million so’m mablag’ ajratildi va 200 o’rinli yangi korpus qurib bitkazildi. Kelgusi haftagacha jihozlash ishlari yakunlanib, o’quvchilar yangi sinf xonalarida o’qishni davom ettirishlari rejalashtirilgan.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube