Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDAGI “NADIRMAT” MFYDA SHAHAR PROKURORI TASHABBUSI BILAN ZAMONAVIY BOG’CHA QAD ROSTLADI

×

 2021-12-11 10:55:23    146

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida Marg’ilon shahrida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda so’nggi oylarda amalga oshirilgan ishlarni o’rganish jarayonida “Obod mahalla” dasturiga tushgan “Nadirmat” MFYdagi 11-davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shahar prokurori tashabbusi bilan Marg’ilondagi 31-maktabning qarovsiz binosi o’rnida barpo etilgan maskanga 1,5 mlrd. so’mga yaqin mablag’ sarflangan bo’lib, uning 1,1 mlrd. so’mi viloyat mahalliy byudjeti mablag’lari bo’lsa, qolgani homiylar ko’magi bilan amalga oshirildi. Natijada 8400 nafardan ortiq aholisi bo’lgan MFYda bolajonlar uchun 120 o’rinli barcha qulayliklarga ega bo’lgan bog’cha qad rostladi. 20 nafar nadirmatliklar ish bilan ta'minlandi.

Ramziy tasma qirqilib, mehmonlar bino ichidagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Ayniqsa, hududdagi kishi havasini keltiradigan zamonaviy bolalar sport maydonchasi tadbir mehmonlari e'tiborini tortdi.

Viloyat hokimi mahalla nuroniylari bilan suhbatlashar ekan, ular dastur doirasida hududda ichimlik suvi tarmog’i tortilib, elektr ta'minoti yaxshilanganini, ko’chalar asfalt qilinganini aytib, bu ishlarning barchasi davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasi ekanini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Oqsoqollar duoga qo’l ochib, yurtga tinchlik, qut-baraka tiladilar.

Hozirda Marg’ilon shahridagi mavjud 159 ta bog’chaning 33 tasi davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bo’lsa, 11 tasi davlat xususiy-sheriklik asosida faoliyat olib boradi. Shuningdek, 110 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari hamda 5 ta xususiy bog’chalar bo’lib, bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko’rsatkichi 80 foizdan ziyodni tashkil etmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube