Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUVAYDADA MEBELCHILIKKA IXTISOSLASHGAN YIRIK SAVDO VA ISHLAB CHIQARISH MAJMUASI QURILISHI BOSHLANDI

×

 2022-02-10 10:44:48    71

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Buvayda tumanining Qo’ng’irot MFY hududida eski bog’lar o’rnida jami 22 gektar maydonda mebelchilikka ixtisoslashgan yirik savdo va ishlab chiqarish majmuasi qurilish ishlarining boshlanishi bilan tanishib, majmua loyihasini takomillashtirish bo’yicha mas'ullar bilan muhokama o’tkazdi.

Viloyat rahbari 2021 yil dekabr oyida Buvayda tumaniga tashrifi chog’ida tumanning Cho’mbog’ish mahallasida bo’lib, mebel va eshik romlar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar va tadbirkorlar bilan uchrashgandi. Mahalla ahli viloyat rahbariga mahsulotlarni yo’l bo’yida ochiq hududda sotishlarini aytib, yopiq savdo majmuasi qurib berilishida yordam so’ragandilar. 

Cho’mbog’ishda 500 ga yaqin hunarmand va tadbirkor oila qo’l mehnati hamda kichik sanoat usulida eshik va romlar, uy va oshxona mebellari, yumshoq mebellar, darvoza va so’rilar, shuningdek turli yog’och o’ymakorligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.

Yangi barpo etiladigan majmuadagi ishlab chiqarish va savdo maydonlari tayyor holatda kredit asosida ushbu oilalarga beriladi.

Viloyat hokimi shuningdek, tumanning yana bir hunarmandlar qishlog’i – Yangiqishloq MFYda bo’lib, aholi bilan muloqot qildi. Yangiqishloqda 125 ta duradgorlik hamda 300 dan ziyod temirchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi hunarmand bo’lib, har biri kamida 3-4 hamqishlog’ini ish bilan ta'minlab keladi. Ishlovchilarning har biri kamida 3-4 million so’m doimiy daromadga ega. Mahalla hunarmandlari, xonadonlarda tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlari bilan viloyat hokimini tanishtirib, o’z faoliyatlari, ayniqsa temirchilik qo’shnilarning, mahallaning kundalik turmushiga halaqit berayotganini, Yangiqishloq hunarmandlari uchun ishlab chiqarish va savdo jarayonlarini birlashtiradigan Hunarmandlar markazi barpo etish borasida yordam so’radilar.

Ushbu murojaat belgilangan tartibda ijobiy hal etiladigan bo’ldi. Viloyat hokimining topshirig’i bilan mahallada har bir hunarmand bilan so’rov o’tkazib, hozirda nechta odamni ish bilan ta'minlagani, barpo etiladigan markazda qancha yer maydoni kerakligi, shunda nechta yangi ish o’rni shakllantirishi borasida ma'lumotlar jamlashga kirishiladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram