Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MALINACHILIK FARG’ONA TUMANI AHOLISINING ASOSIY DAROMAD MANBAIGA AYLANMOQDA

×

 2022-04-18 08:59:35    123

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona tumanining Vodil hududida 5600 ta xonadon va fermer xo’jaliklaridagi jami 500 gektardan ortiq maydonda 4 ming tonnadan ziyod mahalliylashtirilgan navlardagi malina yetishtirilmoqda. Malina yetishtiruvchilar tomonidan yiliga o’rtacha hisobda 65 mlrd. so’m atrofida daromad olinadi. 

Tumanda sohani yanada rivojlantirish va shu orqali aholi daromadlarini oshirish, ishsizlikni kamaytirish ustuvor masalaga aylangan.

2022-2025 yillarda past hosilli paxta va g’alla maydonlarini qisqartirilgan yerlari hisobidan aholiga 800 gektardan ziyod yer maydoni ajratilishi, shundan 2022 yilning o’zida 321 gektar yer maydonida malinazor yaratilishi ko’zda tutilgan.

Vodil Qizilqo’rg’on massivi hududida joylashgan samarasiz foydalanilayotgan 350 gektar bog’larning qator oralariga malinachilik ko’chatlari ekilmokda. Hozirgi kunga qadar 182 gektar bog’ qator oralariga malina ko’chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.

Tijorat banklari tomonidan 94 nafar fuqarolarga malinachilik yo’nalishida 2,6 mlrd.so’m miqdorda kredit mablag’lari ajratildi.  

Ushbu massivda 156 nafar ishsiz fuqarolarga 20 gektar yer maydoni 10 -15 sotixdan malinachilikni tashkil etish uchun ochiq auktsion savdolari orqali tarqatib berildi. 

Er maydonlarida malina ko’chatlari ekilib, shpaler o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Qator orasidan samarali foydalanish maqsadida ko’shimcha ekin sifatida kartoshka va sabzavot ekinlari yetishtirish yo’lga qo’yilmoqda.

Hududda tashkil etilgan “Al-Vodiliy” hamda “Vodillik Dovudbek” klasterlari aholiga malina ko’chatlari, sim va shpalerlar yetkazib bermoqda. 

“Sanoat” MFY da esa yetishtiriladigan malinani qabul qilish va saqlash uchun “Dadaxon Murod fayzi” oilaviy korxonasi tomonidan umumiy qiymati 800 mln. so’mlik 200 tonna sig’imli zamonaviy muzlatkichli kameralar tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram