Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 191 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FURQAT TUMANIDA MAKTABGACHA TA'LIM BILAN QAMRAB OLISH DARAJASI 97,4 FOIZGA YETDI

×

 2022-04-26 10:51:52    66

PDF yuklash
Chop etish


Kuni kecha Furqat tumanidagi “Eshon” mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda tuman sektorlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

1976 yilda barpo etilgan 140 o’ringa mo’ljallangan ushbu davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga davlat byudjetidan 97 mln. so’m va homiylik mablag’lari hisobidan qariyb 300 mln. so’m mablag’ sarflandi. Hashar yo’li bilan asosiy o’quv binosi, kanalizatsiya tarmog’i ta'mirdan chiqarilib, bolalar ayvonchasi yangidan barpo etildi.

Ayni kunda bog’chada bolajonlarga 50 nafar pedagog xodimlar ta'lim-tarbiya berib kelishmoqda. Tarbiyalanuvchilar uchun badiiy gimnastika, mental arifmetika, shaxmat, ingliz tili mashg’ulotlari, yo’l qoidalarini o’rgatish maqsadida “Yo’l harakati maydonchasi” tashkillangan. E'tiborlisi, maktabgacha ta'lim muassasasi bolajonlarga milliy qadriyatlarimizni singdirish uchun o’zbekona ko’rinishda bezatilgan. 

Ochilish marosimidan so’ng mehmonlar o’g’il-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Bu kabi ezgu ishlar “Chilgijiyda”, “Boltako’l”, “Chekchuvaldoq” mahalla fuqarolar yig’inlarida joylashgan 25- 37- va 49-sonli DMTTlarda ham hashar yo’li bilan olib borilmoqda.

Furqat tumanida 3-7 yoshdagi bolalar 9 ming 960 nafardan ziyodni tashkil etib, tumanda jami 180 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud. Shundan 52 ta davlat, 5 ta davlat-xususiy sheriklik, 123 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari hisoblanib, ularga 9 ming 700 nafarga yaqin bolalar qamrab olinib, qamrov darajasi 97,4 foizni tashkil etmoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram