Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYNING CMEC KORPORATSIYASI FARG’ONADA YIRIK SAVDO-LOGISTIKA MARKAZI QURILISHI LOYIHASIGA SARMOYA KIRITADI

×

 2022-04-27 16:06:43    78

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi qoshidagi "Farmadadinvest" guruhi va O’zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tashabbusi bilan viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Xitoy Mashinasozlik va muhandislik korporatsiyasi (CMEC) vakillari bilan muzokaralar o’tkazdi.

Muloqotda Farg’ona viloyatining investitsion salohiyati, mavjud imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi. 

Loyihalash va qurilish, energetika, ma'danchilik, elektronika, eksport-import va boshqa ko’plab sohalarda faoliyat olib boruvchi yirik xalqaro korporatsiya bo’lgan CMEC hozirda dunyoning 150 dan ortiq davlatlarida turli yo’nalishlarda o’z loyihalarini amalga oshirib keladi. Xitoy Mashinasozlik va muhandislik korporatsiyasi ko’plab investitsion loyihalarga ham o’z sarmoyasini yo’naltirgan. 

Bugungi uchrashuvda CMEC vakillari Farg’onada yirik savdo-logistika markazi qurilishi loyihasiga mablag’ kiritish istagini bildirdilar. Ushbu markazning qurilishi bilan bog’liq masalalar, jarayonlar atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalarning amaliy ish bosqichiga o’tish uchun joriy yil may oyida korporatsiya vakillari Farg’onaga kelishi, loyihani boshlash tartiblari yana bir bor ko’rib chiqilib, hamkorlik shartlari belgilanishi kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram