Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A'ZO DAVLATLAR MILLIY KOORDINATORLARI VILOYATIMIZNING DIQQATGA SAZOVOR JOYLARI BILAN TANISHDILAR

×

 2022-04-28 20:29:16    74

PDF yuklash
Chop etish


Xabar berib borganimizdek, joriy yil 25-28 aprel kunlari Farg’ona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi (ShHT MKK)ning navbatdagi yig’ilishi tashkil etildi.

Bugun mazkur tadbirda ishtirok etgan nufuzli mehmonlar viloyatimizning diqqatga sazovor joylarida bo’ldilar. 

Xususan, Qo’qon shahrida mashhur tarixiy obida, Xudoyorxon saroyidagi eksponatlar ko’zdan kechirildi. O’rda haqidagi qiziqarli ma'lumotlar hikoya qilib berildi. Shundan so’ng Uchko’prik tumanidagi dorivor o’simliklar yetishtirish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Mehrigiyo” korxonasiga borildi. Bu yerda lavanda, godji, papayya, mushmula, qahva, kivi, banan kabi tsitrus mevalardan tortib, rezavor o’simliklar, turli dorivor giyohlar yetishtirilayotgani, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va dori-darmon vositalari MDH davlatlariga eksportga chiqarilayotgani ma'lum qilindi.

Keyingi manzilda Rishton tumanidagi Xalqaro kulolchilik markazi, ikki qavatli kulollar xonadoni, ustaxona va savdo do’konlari tanishtirildi. Rishtonlik tadbirkor Ravshan Tojiddinov rahbarlik qilayotgan “R+Koron” korxonasiga qarashli kulolchilik muzeyi, kasanachilik asosida tayyorlanayotgan 500 xildan ortiq mahsulotlar, ularning Gretsiya, Falastin, Rossiya, Turkiya kabi turli davlatlarga eksport qilinayotgani ham mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

Marg’ilon shahridagi Hunarmandlar markazida esa atlas, adras hamda gilam to’qish jarayonlariga guvoh bo’ldilar. 

Shuning bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi (ShHT MKK)ning Farg’onada o’tkazilgan navbatdagi yig’ilishi yakuniga yetdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram