Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT TIBBIYOT TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA GERMANIYANING MANGEYM UNIVERSITETI KLINIKASI HAMDA “OPASCA” KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK QILINADI

×

 2022-10-07 19:53:11    312

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning Mangeym universiteti klinikasi rahbari Freddi Bergmann, klinika moliyaviy direktori Zoye Morgenshtern hamda “OPASCA GmbH” kompaniyasi bosh direktori Aleksey Sverdlovni qabul qildi.

Uchrashuvda viloyat tibbiyot tizimini rivojlantirishda Germaniyaning ilg’or tajribasini joriy qilish, viloyat sog’liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, mavjud bemorlar va kasalliklarni yagona monitoring bazasini yaratish, farg’onalik shifokorlarning Germaniyada malaka oshirish va tajriba almashinishlarini yo’lga qo’yish, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Mangeym universiteti o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlik o’rnatish masalalari muhokama qilindi.

Germaniya tibbiyot sohasi vakillarining tashrifi viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona delegatsiyasining joriy yil iyul oyida Germaniyaga safari davomida Mangeym universiteti klinikasida erishilgan kelishuvlarning davomi bo’ldi.

Uchrashuv davomida Farg’ona viloyati hokimligi, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Mangeym universiteti klinikasi, “OPASCA GmbH” kompaniyasi o’rtasida xalqaro hamkorlik bo’yicha kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuv doirasida dastlabki bosqichda viloyatimiz shifokorlari, jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari hamda o’qituvchilari uchun Mangeym universiteti klinikasida tajriba almashinuv dasturlari tashkil etilishi, germaniyalik mutaxassislarning viloyatimizga o’quv mashg’ulotlari o’tkazishlari belgilab olindi. Hamkorlikda ilmiy anjumanlar hamda tibbiy tadqiqotlar o’tkazish ham yo’lga qo’yiladi. Kelgusida viloyatimizda qo’shma ta'lim dasturlari asosida Mangeym universitetining tibbiyot fakultetini tashkil etish, “OPASCA GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda tibbiyot sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarda ham hamkorlik qilinadigan bo’ldi.

Farg’onada Mangeym universiteti klinikasi tomonidan 11 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Farg’ona vodiysi viloyatlari, shuningdek, qo’shni davlatlar chegaradosh hududlari aholisi uchun xizmat ko’rsatuvchi yirik zamonaviy tibbiy klinika barpo etish masalasida ham hamfikrlilikka borildi.

Joriy yil noyabr oyida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti delegatsiyasining Mangeym universitetiga hamda klinikasiga amaliy tashrifi borasida kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram