Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATDA YO’L QURILISHIGA AJRATILAYOTGAN MABLAG’LAR VA QURILISHLAR SIFATI BO’YICHA QAT'IY JAMOATCHILIK NAZORATI O’RNATILADI

×

 2023-02-23 16:05:42    74

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, keyingi yillarda mamlakatimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Farg’ona viloyatida ham keng ko’lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Ayni jaryonda infratuzilma xizmatlari – elektr va tabiiy gaz ta'minoti barqarorligiga erishish, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, ichki va xalqaro miqyosdagi yo’llarni zamonaviy mezonlar asosida ta'mirlash ustuvor ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Natijada viloyat markazidan tortib, eng chekka va olis hududlarda ham aholi farovonligiga xizmat qiluvchi hayotbaxsh dasturlar amalga oshirilib, shahar va tumanlarimizning me'moriy qiyofasi, infratuzilma xizmatlari faoliyati shaharsozlik me'morchiligi an'analari asosida yangilanib borishiga erishilmoqda. Aslida bu kabi yangilanish va o’zgarishlardan  ko’zlangan maqsad, eng avvalo, xalqimiz islohotlar samarasini oilasi va yashab turgan mahallasi misolida his etib, o’z hayoti va farzandlari taqdiridan rozi bo’lib yashashiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Farg’ona shahri, Sovurbuloq MFYda mas'ul mutasaddilar ishtirokida o’tkazilgan seminar ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, bu borada soha mutasaddilari oldida turgan eng muhim ustuvor vazifalarga to’xtalib o’tdi.

Ta'kidlab o’tilganidek, 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan dasturlar doirasida viloyatdagi 374 ta mahallalarda 1193,4 km uzunlikdagi yo’llar ta'mirlanishi rejalashtirilgan bo’lib, o’tgan yilga nisbatan 3 barobarga oshgan.

Ammo ezgu tashabbuslarni ro’yobga chiqarish jarayonida ba'zi hollarda qurilish-pudrat tashkilotlarining mas'uliyatsizligi hamda belgilangan yumushlarni sifatsiz bajarishi ortidan xalqning norozi bo’lish holatlari ham kuzatilmoqda.

Tahlil va tanqid ruhida o’tgan muloqot davomida bu yildan boshlab tender savdolari to’liq shaffof tarzda o’tkazilib, qurilish ishlari sifati ustidan qat'iy jamoatchilik nazorati o’rnatilishi ta'kidlandi. O’z navbatida har bir qurilish sifatli, belgilangan me'yor va qoidalar asosida to’laqonli bajarilishi lozimligi qayd etildi.

Yuzma-yuz suhbatda har bir pudratchiga berilgan mablag’lar to’g’ri yo’naltirilishi jiddiy nazoratga olinishi ta'kidlanib, 2022 yilning dekabr oyida o’tkazilgan tender savdolarida g’olib bo’lgan quruvchi-pudratchilar tomonidan olib borilgan ishlar sustligi tanqid qilindi. Har bir quruvchi zimmasiga o’z faoliyatida halollik, insof va adolat tamoyillariga qat'iy rioya etishi bo’yicha aniq vazifalar yuklandi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram