Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KOREYANING PXYONTXEK SHAHRI MERI CHAN CHJON SON BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA FARG’ONAGA KELDI

×

 2023-04-28 00:06:13    316

PDF yuklash
Chop etish


Koreyaning Pxyontxek shahri meri Chan Chjon Son boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya ikki kunlik amaliy tashrif bilan bugun Farg’onaga keldi. Ushbu tashrifdan ko’zlangan maqsad – Farg’ona viloyati va Koreyaning yirik sanoat markazi bo’lgan Pxyontxek shahri o’rtasida o’zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.

Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiya joriy yil 27-30 mart kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi davomida Pxyontxek shahrida bo’lib, shahar meri Chan Chjon Son bilan muzokaralar o’tkazilgandi. Shuningdek, Pxyontxek shahri Sanoat va Tijorat palatasida bo’lib o’tgan Palata rahbarlari hamda mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvda Farg’ona viloyatining iqtisodiy-investitsion salohiyati haqida ma'lumotlar taqdim etilgandi. Bugungi tashrif, dastlabki muloqotda erishilgan kelishuvlarning hayotga tadbiq etish yo’lidagi amaliy qadam bo’lishi ko’zda tutilgan.

Pxyontxek shahri delegatsiyasi a'zolari dastlab “Samo” sport majmuasida tashkil etilgan viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda milliy hunarmandchilik ko’rgazmasi bilan tanishdilar.

Mehmonlar yengil sanoat, tekstil, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi, mashinasozlik, qurilish materiallari sanoati, charm-poyabzal sanoati kabi sohalardagi viloyatning ilg’or kompaniyalari stendlarini aylanishdi. Koreya sarmoyasi ishtirokidagi qo’shma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar alohida e'tibor tortdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram