Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QON SHAHAR SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM SHIFOXONASIGA FIAT RUSUMIDAGI REANIMATSION AVTOMOBILI TOPSHIRILDI

×

 2024-04-03 18:21:10    9104

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo’qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasiga Fiat rusumidagi reanimatsion avtomobili tantanali topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat tibbiyot sohasi mutasaddilari, qo’qonlik tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbarining aholi salomatligini muhofaza qilish masalasiga alohida e'tiborlari natijasida mamlakatimizda tibbiyot sohasi rivoji yo’lida katta islohotlar amalga oshirilayotganini qayd etib, Qo’qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasiga taqdim etilayotgan ushbu zamonaviy reanimobil, qo’qonliklar va shaharga yaqin atrofda yashovchilarga tezkor xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga xizmat qilishini ta'kidladi.

Shuningdek, Avstriyaning "AME International GmbH" kompaniyasi bilan viloyatimizga bolalar kasalliklarini davolash uchun eng zamonaviy YEvropaning texnika-jihozlari keltirish borasida hamkorlik qilinishi, buning uchun 10 mln. dollarlik shartnoma amalga oshirilishi, pirovardida bir yildan so’ng Qo’qonda vodiy viloyatlari aholisiga ham xizmat ko’rsata oladigan, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan tibbiy majmua ishga tushirilishi ham ma'lum qilindi.

Mehmonlar reanimobilning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Reanimobilga dunyoning tibbiyot jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan eng old kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan o’pkaning sun'iy ventilyatsiyasi apparati (IVL), defibrillyator-monitor, ko’chma ko’p kanalli EKG apparati, reanimatsion chemodan, ko’p funktsiyali kushetka va boshqa ko’plab zaruriy jihozlar bilan o’rnatilgan bo’lib, zarur holatlarda tezkor jarrohlik amaliyotlari o’tkazish imkoniyati mavjud.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram