Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVASOYDA 40 MLN. DOLLAR XITOY INVESTITSIYASI HISOBIGA PREMIUM SIFATDAGI KERAMOGRANIT PLITALARI ISHLAB CHIQARISH ZAVODI QURILISHI BOSHLANDI

×

 2024-04-05 23:08:00    8131

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Crown ceramic” kompaniyasi direktori Syan Chen Ganni qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoy kompaniyasining to’g’ridan to’g’ri 40 mln. dollar investitsiyasi hisobiga Quvasoy shahrida barpo etishga kirishilgan premium sifatdagi keramogranit plitalari ishlab chiqarish zavodi loyihasini amalga oshirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Ushbu loyiha viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi chog’ida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Joriy yil mart oyi boshida qurilish ishlari boshlangan ushbu zavod, yillik 10 mln. kv. metr yuqori sifatdagi va katta o’lchamlardagi keramogranit plitalari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar ichki bozor bilan birga MDH davlatlari hamda Sharqiy YEvropa mamlakatlariga eksportga yo’naltiriladi. Joriy 2024 yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan ushbu yirik zavodda 500 ga yaqin doimiy ish o’rni yaratiladi.

Viloyat hokimi Syan Chen Ganga “Crown ceramic” MChJ xorijiy korxonasining viloyatimizda davlat ro’yxatidan o’tkazilgani to’g’risidagi guvohnomani topshirdi.

Qayd etib o’tish lozimki, Xitoyning yana bir yirik kompaniyasi – Jianhua Ceramics tomonidan “Qo’qon” EIZ hududida keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish bo’yicha yirik investitsion loyiha ham amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaga xitoylik investorlarning 50 mln. dollar to’g’ridan to’g’ri investitsiyasi yo’naltirilgan. Qurilish ishlari o’tgan yilning noyabr oyida boshlangan bo’lib, hozirda jadallik bilan davom etmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram