Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 688 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA

×

 2024-04-09 16:15:33    6007

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Temurbeklar maktabi”da o’tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli shoir va yozuvchilar, ma'naviyat targ’ibotchilari, san'atkorlar ishtirok etdi.

Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur va avlodlari qoldirgan boy merosning qadri va tarovati asrdan-asrga tobora oshib bormoqda, yangi davr va zamonlarga ham munosib xizmat qilmoqda. Buyuk sarkarda bobomizning mardligi va vatanparvarligi, jasorati va adolatparvarligi yoshlarga chinakam ibratdir.

Xususan, Farg’ona shahridagi “Temurbeklar maktabi”da bugungi kunda munosib izdoshlar kamol topmoqda. Ayni paytda bu yerda 310 o’quvchi tahsil olmoqda.

Mazkur maktabda tashkil etilgan tadbir sohibqiron bobomizga yuksak e'tibor ifodasi bo’ldi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbarining birinchi o’rinbosari Furqat Jo’raqulov, Mudofaa vaziri o’rinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev, Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari Minhojiddin Mirzo, O’zbekiston xalq shoirlari Mahmud Toir, Iqbol Mirzo va boshqalar Amir Temur o’zligimizni anglash, milliy an'ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda, vatanparvarlikda xalqimizga ma'naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biri ekanligini ta'kidladi. Ijodkorlarning vatanni, tinchlikni madh etuvchi she'rlari, aktyorlarning Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi siymosidagi chiqishlari barchaga manzur bo’ldi.

Mehmonlar “Temurbeklar maktabi”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram