Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA YANA 22 NAFAR BEMOR SOG’AYDI

×

 2020-04-25 15:30:39    104

PDF yuklash
Chop etish


Dunyo bo’ylab koronavirus pandemiyasi avj olgan bir sharoitda mamlakatimizda ushbu kasallikdan sog’ayib borayotganlarning safi ortib borishi barchani quvontirmoqda. Malakali shifokorlar va sohaning fidoyi xodimlari, Prezident boshchiligidagi davlat idoralari sa'y-harakati, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi asosidagi muolajalar tufayli tuzalib chiqqan yurtdoshlarimiz oilasi bag’riga qaytmoqda.

Zaminimizga Allohning rahmat nuri yog’ilib turgan muborak oyda xalqimizning qilgan duolari ijobat bo’lyapti. 

Bugun, 25 aprel kuni Farg’ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan 22 nafar bemor shifo topdi va ular mas'ullar ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 19 nafari charter reyslar orqali Turkiya, 1 nafari Misr va Praga shaharlaridan Farg’onaga uchib kelgan keyinchalik karantin chog’ida kasallik aniqlangan bemorlar edi.

Ulardan 9 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, qolganlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan bo’lgan fuqarolardir.

Ta'kidlash joizki, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu kunga qadar 30 nafar bemor sog’ayib chiqandi. Bugun esa viloyatda koronavirus infektsiyasidan sog’ayganlar soni 52 nafarga yetdi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube