Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 195 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SAVOLGA JAVOB, MUAMMOGA YECHIM ALBATTA TOPILADI

×

 2020-12-19 17:13:11    84

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov aholining barcha qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni o’z joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida Farg’ona shahrida sayyor qabul o’tkazdi.

Farg’ona shahar Sharqiy harbiy okrug ma'naviyat va ma'rifat markazida tashkil etilgan tadbirda shahar hokimligining mutasaddi rahbarlari va davlat idoralari rahbarlari, sektor rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda 130 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ularning murojaatlari, o’z yechimini kutayotgan 150 ta masalalari ko’rib chiqildi. Ta'kidlash joizki, sayyor qabulda hech bir murojaat e'tiborsiz qoldirilmadi. Fuqaro tomonidan bildirilgan masala murojaatlar ro’yxatiga olinib, bajarilish muddatlari belgilab berildi. 

Viloyat hokimi sayyor qabul davomida uy-joy va yer masalasi, moddiy yordam ko’rsatish, ish va ish haqi, tadbirkorlik va imtiyozli kredit ajratish kabi o’nlab masalalarga aniq va tezkor choralar ko’rish bo’yicha tegishli idora rahbarlariga topshiriqlar berdi.

- Savolga javob, muammoga yechim albatta topiladi. Faqat fuqarolarimiz ham, ijro organlarimiz ham muammoning ichiga kirib, amalda hal etish chorasini topsalar kifoya, - dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozarov.

Bunday sayyor qabullarda ko’plab muammolar ijobiy hal etilmoqda. Quvonarlisi, xalqimizning huquqiy madaniyat yuksalib bormoqda, murojaatlarda o’z manfaati uchungina emas, jamiyat uchun nafi tegadigan taklif va masalalarning borligi bundan dalolat berib turibdi.

Farg’ona viloyati hokimligi