Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQCHIL INSTITUT VA SAMARALI FAOLIYAT

×

 2017-06-30 10:05:19    84

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqillik yillarida dunyoda o’xshashi yo’q noyob institut – mahalla xalqchil tuzilma sifatida o’zini har jihatdan namoyon qilmoqda. Prezidentimizning shu yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni mazkur yo’nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko’targani bilan ahamiyatlidir.

Viloyat tadbirkorlar markazida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha viloyat Kengashi tomonidan o’tkazilgan konferentsiyada Farmondan kelib chiqadigan vazifalar hamda mahalla institutini yanada takomillashtirish yuzasidan belgilangan ustuvor yo’nalishlar alohida ta’kidlandi.

Konferentsiyani Oltiariq tumani “Poloson” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Ahmadjon Hakimov ochdi va olib bordi.

Dastlab delegatlar tomonidan hay’at a’zolari tasdiqlab olindi.

Anjumanda hay’at raisi, viloyat hokimi Shuhrat G’aniev hamda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika Kengashi a’zosi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Shavkat Javlonov so’zga chiqib, yangi tuzilgan Kengashga yuridik maqom berilgani, uning fuqarolar yig’inlari uyushmasi shaklida tuzilgani, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman, shaharlarda tuzilgan Kengashlar Respublika Kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etilgani, bu pirovardida mahalla faoliyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaligini e’tirof etdilar.

Konferentsiyada Kengash tarkibi tasdiqlab olindi. Munosib nomzodlarning mehnat faoliyati va tajribasi haqida ma’lumot berilib, ovozga qo’yildi. Kengash raisi, uning birinchi o’rinbosari hamda hududiy Kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo’yicha rais o’rinbosarlari, Kengash ijro apparatining tashkiliy-uslubiy sho’’basi mudiri saylandi.

Tadbirda Kengashning namunaviy nizom loyihasi o’qib eshittirildi. Shuningdek, taftish komissiyasi raisi va a’zolarini, respublika ta’sis Konferentsiyasida ishtirok etuvchi delegatlar saylandi. Jamoatchilik nazoratini tashkil etish, “yo’l xaritasi” va uning ijrosi bo’yicha ham fikr-mulohazalar, takliflar tinglandi.