Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

Hokimlik reglamenti

119

07.12.2024


1. "Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-104-moddalariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, viloyat hokimligi vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi."

2. "Viloyat hokimligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarilishini amalga oshiradi, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi."

3. Viloyat hokimligiga hokim boshchilik qiladi. Hokim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Hokim viloyat hokimligi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek shaharlar va tumanlar hokimlarining qaror va farmoyishlarini bekor qilishga haqli.

4. Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi hokim o‘rinbosarlari, boshqarmalar va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, viloyat hokimligining komissiyalari va boshqa ishchi organlari faoliyati, shuningdek viloyat hokimligi apparati ish bilan ta’minlanadi.

5. Viloyat hokimligida masalalar viloyat hokimligi majlislarida hokim va uning o‘rinbosarlari (vazifalar taqsimotiga muvofiq) tomonidan, viloyat hokimligi komissiyalari va boshqa ishchi organlar majlislarida manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

6. Viloyat hokimligi apparati viloyat hokimligi majlislari, tegishli qarorlar loyihalari, taxliliy, axborot va boshqa materiallar tayyorlanishini va tashkil etilishini ta’minlaydi. Viloyat hokimi qarorlarini bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib va tekshirib boradi.

7. Viloyat hokimligida ish yuritish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yo’riqnomaga muvofiq, amalga oshiriladi.

1. Viloyat hokimligi o’z ishini: O’zbekiston Respublikasi Qonunlarni; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasmi majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlardagi nutqlarida, shuningdek ko’rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni, amalga oshirishga yo’naltiradi. Viloyat hokimligining ishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlaridan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan belgilangan rejalarga muvofiq olib boriladi.

2. Viloyat hokimligining navbatdagi yil uchun ish rejasi: viloyat hokimliginimajlislarini o’tkazish rejasini; tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini hokim o’rinbosarlari huzurida ko’rib chiqish rejasini; viloyat hokimligining komissiyalari va boshqa ishchi o'rganlari majlislarining kalendar rejasini o’z ichiga oladi.

3. Viloyat hokimligining ish rejalari quyidagi talablardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi: Tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va ijtimoiy sohada, shuningdek, viloyat hududlarida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi ahvolini tanqidiy va tizimli taxlil qilish; islohotlar jarayonlariga to’sqinlik qilayotgan kamchiliklar va muammolar sabablarini tizimli tahlil qilish; O’zbekistan Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.

4. Viloyat hokimligining ish rejalari viloyat hokimi tomonindan tasdiqlanadi.

5. Viloyat hokimligining ish rejalarnni tayyorlash, shuningdek ularning bajarilishini nazorat kilish tashkiliy-nazorat, Axborot-taxlil guruhlari, tegishli guruh va kotibiyatlar tomonidan amalga oshiriladi.

6. Viloyat hokimligi guruhlari, kotibiyatlari, shuningdek ular rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

1. Viloyat hokimliginnng ko’rib chiqilishi uchun O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonun bilan uning vakolatiga kirgan masalalar kiritiladi. Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etish uchun viloyat hokimligining kompleks yoki maqsadli dasturlari ishlab chiqiladi, ularni ko’rib chiqish uchun hokim o’rinbosarlari tomonidan viloyat hokimiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

2. Viloyat hokimligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuborilgan boshqa hujjatlar ko’rib chiqiladi va bajariladi.

3. Viloyat hokimligida ko’rib chiqish uchun masalalar boshqarmalar, xo’jalik organlari boshqaruvi rahbarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi o’rinbosarlari tomonidan kiritilishi mumkin.

4. Viloyat hokimligiga ko’rib chiqish masalalar belgilangan tartibda, qoida tariqasida viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari loyihalari (keyingi o’rinlarda hujjatlar loyihalari deb ataladi) shaklnda kiritiladi.

5. Viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va ko’rib chiqishga tayyorlash ushbu bob talablariga hamda Vazirlar Mahkamasining 12 yanvardagi 12-son qarori va ish yuritish bo’yicha Yuriknomaga muvofiq amalga oshiriladi,

6. Loyihalar aniq ifodalanishi, qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, ko’rib chikiladigan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini o’ziga olgach bo’lishi, ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo’yishi, ularni bejarishning aniq muddatlarini belgilashi kerak. Tayyorlanayotgan loyiha boshqa hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yoxud ularni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash talab etib, ushbu o’zgartirish va qo’shimchalar, shuningdek ularni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risidagi takliflar tayyorlanayotgan hujjat loyihasiga kiritiladi yoki u bilan ayni bir vaqtda alohida hujjat loyihasi ko’rinishida kiritiladi. Bu holda unga hujjat matninnng amaldagi va taklif ztilayotgan taxririning tegishli Kiyosiy jadvallari tushuntirishlar bilan ilova qilinadi.

7. Aynan shu masalalar bo’yicha ilgari qabul qilingan qarorlar bajarilmagan ,hollarda viloyat hokimligiga ana shu masalalar bo’yicha qarorlar va farmoyishlar loyihalari kiritilishiga yul ko’ymaydi, yangi vaziyatlar paydo bo’lgan xollar bundan mustasno.

8. Hujjatlar loyihasini tegishli organlar va tashkilotlarda kelishib olinishi uchun javobgarlik hujjat loyihasini viloyat hokimligigakiritayotgan boshkarma va tashkilotlar rahbarlariga yuklatiladi. Kelishib olish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalariga tegishli organlar raxbarlari tomonidan ko’pi bilan 1 kalendar kun mobaynida rozilik imzosi qo’yiladi.

9. Hujjat loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar mavjud bo’lgan taqdirda loyiha kelishmovchiliklar bilan birga faqat muloxazalari bo’lgan tegishli birinchi rahbarlar (istisko xollarda ularning birinchi o’rinbosarlari) imzolagan asoslangan yozma muloxazalar bilan birga viloyat hokimligiga kiritilishi mumkin.

10. Mazkur Reglamentda belgilangan tartibda viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalarini ko’rib chiqishga tayyorlash viloyat hokimligi aplarati tomonidan uzoq bilan 3-5 kun muddatda amalga oshiriladi.

1. Viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekistan Respublikasi qonuni bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo’yncha qabul qilinadi.

2. Viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalari boshqarmalar, viloyat idoralari va tashknlotlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqildi.

3. Hujjatlar loyihalarini tayyorlash manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan loyihalar belgilangan tartibda manfaatdor boshqarmalar va idoralar bilan hamda majburiy tartibda viloyat hokimligi yuristi bilan kelishiladi.

4. Viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlarining kelishilgan loyihalari loyihasini ishlab chiqish to’g’risidagi topshiriqnoma bilan birga (u mavjud bo’lganda, umumiy bo’limda tegishli razishda ro’yhatdan o’tkazgan holda viloyat hokimligi apparatiga kiritiladi.

5. Umumiy bo’limda ro’yxatdan o’tkazib kiritilgan qarorlar va farmoyishlar loyihalari ishlash uchun viloyat hokimligi apparatnning tegishli guruhlari va kotibiyatlariga beriladi.

6. Guruh yokm kotibiyat loyihani ekspertizadan o’tkazadi, zarurat bo’lganda, hujjatni kiritgan boshqarma va idoralar bilan birgalikda loyiha ustida qo’shimcha ishlaydi hamda bildirilgan mulohazalarni bartaraf etadi. Salbiy xulosaga kelganda guruh yoki kotibiyat mazkur loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi xulosani tayyorlaydi.

7. Ko’rib chiqish natijalari haqida guruh yoki 'kotibiyat mudiri hokim mutasaddi o’rinbosariga axborot beradi. Hokim mutasaddi o’rinbosari guruh yoki kotibiyatning salbiy xulosasiga rozilik bildirgan taqdirda hujjat loyihasi unga xulosani va hokim mutasaddi o’rinbosari tegishli topshiriq ilova qilingan holda belgilangan tartibda qaytarilishi kerak. Xulosa ijobiy bo’lganda va hokim mutasaddi o’rinbosari ma’qullagan taqdirda guruh yoki kotibiyat hokim o’rinbosarlari tomonidan loyihaga rozilik imzosi qo’ynlishini tashkil qiladi.

8. Guruh yoki kotibiyat hokim o’rinbosarlari bilan kelishilgan hujjat loyihasini viloyat hokimligi Axborot-taxlil guruhiga ekspertizadan o’tkazish uchun taqdim etadi.

9. Axborot-taxlil guruhi hujjatlar loyihasnni iqtisodiy samaradorlik va barcha manfaatdor idoralar bilan muvofiqlashtirish nuqti-nazaridan puxta ekspertizadan o’tkazadi. Ekspert xulosasi salbiy bo’lgan taqdirda Axborot-taxlil guruhi loyihani puxta ishlash uchun tegishli guruh yoki kotibiyatga qaytaradi. Xulosa ijobiy bo’lgan takdirda Axborot-taxlil guruhi rahbari loyihani ko’rib chiqish uchun hokim tegishli o’rinbosariga qaratadi.

10. Hokim tegishli o’rinbosari, hokim birinchi o’rinbosari rozilik bergan taqdirda rozilik imzosi qo’yilgan loyihani viloyat hokimiga kiritiladi.

11. Shundan so’ng hujjatlar loyihalari hokim tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda maxsus qismda ro’yhatga olinadi.

1. Viloyat hokimligi majlislari har chorakda kamida bir marta o’tkaziladi. Viloyat hokimligi majlislarida hokim raislik qiladi.

2. Viloyat hokimligi majlislarida “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuinda nazarda tutilgan masalalar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Hukumati topshiriklariga muvofiq boshqa masalalar ko’rib chiqiladi.

3. Viloyat hokimligi majlislarida ko’rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Axborot-taxlil guruhi, guruhlar va kotibiyatlar, viloyat hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Moliya boshqarmasi va boshqa viloyat idoralari hokimining birinchi o’rinbosari rahbarligida davlat va xo’jalik boshqaruvi tegishli organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiradilar. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni viloyat hokimi tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradilar.

4. Viloyat xokimligi Iqtisodiyot bosh. boshqarmasi, Moliya va Statistika boshqarmalari va boshqa viloyat iqtisodiy idoralari majlisning e’lon qilingan o’tkazilishi sanasidan kamida 10 kun oldin viloyat hokimligiga kun tartibi, uni muhokama qilish tartibi loyihalarini hamda ma’lumotnomalarni, tegishli taxliliy materiallarni (shu jumladan jadvallarni), viloyat hokimligi majlisi protokoli loyihasini kiritadilar.

5. Axborot-taxlil guruhi tegishli guruh yoki kotibiyatlar bilan birgalikda kiritilgan materiallarni ekspertizadan o’tkazadi hamda hududlardagi ishlarning ahvolini o’rganish natijalarini va iqtisodiy organlar tomonidan taqdim etilgan boshqa materiallarni hisobga olgan, holda puxtalashtiradi.

6. Puxta ishlab chiqilgan materiyallar viloyat hokimining birinchi o’rinbosari bilan kelishiladi va viloyat hokimiga taqdim etiladi.

7. Viloyat hokimligi majlisida ko’rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari ushbu Reglamentning uchinchi bobi talablariga muvofiq tayyorlangan bo’lishi kerak.

8. Viloyat hokimligi majlisiga taklif etildigan mansabdor shaxslar ro’yxatlari viloyat hokimi tomonidan belgilanadi.

9. Viloyat hokimligi majlisiga viloyat prokurori, Jinoyat va Fuqarolik ishlari bo’yicha viloyat sudlari raislari, xo’jalik sudi raisi, Adliya boshqarmasi boshlig’i doimiy ravishda taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar bo’yicha taklif etiladilar.

10. Viloyat hokimligi majlislarida masalalar to’g’risida hokim o’rinbosarlari, boshqarmalar, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, guruhlar rahbarlari va kotibiyatlar mudirlari axborot beradilar.

11. Majlislarda qarorlar yig’ilish qatnashchilarining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

12. Viloyat hokimligi majlislarida qabul qilingan qarorlar bayon bilan rasmiylashtiriladi. Majlis bayoni tegishli guruh yoki kotibiyat tomonidan majlis tugagandan keyin bir kun muddatda hokim o’rinbosari rahbarligida rasmiylashtiriladi hamda majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

1. Viloyat hokimligi majlislarida muhokama etish davomida mulohazalar bildirilgan, qo’shimchalar yoki o’zgartirishlar kiritilgan hujjatlar loyihalari tegishli guruhlar va kotibiyatlar yoki majlislarda tuzilgan komissiyalar (ishchi organlar) tomonidan puxta ishlanadi hamda agar boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa, majlisdan keyin ikkinchi ko’pi imzolashga taqdim etilidi. Loyihalarga kiritiladigan o’zgartirishlar viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari bilan kelishilishi kerak. Puxta ishlangan loyiha tasdiqlash uchun viloyat hokimiga kiritiladi.

2. Viloyat hokimligi majlis qarorlari, viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari ular imzolangan sana bo’yicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli guruhlar yoki kotibiyatlar tomonidan tuziladigan jo’natish ro’yxati bo’yicha darxol ijrochilarga yuboriladi.

3. Viloyat hokimining qarorlari va farmoiishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo’lsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi.

4. Viloyat aholisiga etkazilishi zarur bo’lgan qarorlar va farmoyishlar viloyat hokimining topshirig’iga binoan matbuotda e’lon qilinadi va maxalliy televideniyada eshittiriladi. VI 1. Qabul qilingan qarorlarning bajarilpshini tashkil etish tartibi hamda viloyat hokimligi tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi

5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari. qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Oliy Majlis palatalari va qo’mitalarining qarorlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

6. Viloyat hokimligiga tushgan O’zbekiston Reslublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oliy Majlis palatalari va qo’mitalarining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari to’g’risida darxol viloyat hokimiga axborot beriladi va ular yuzasidan hujjatlarning mas’ul ijrochilariga topshiriqlar rasmiylashtiriladi.

7. Viloyat hokimligining topshiriqlari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan, agar boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa, hujjat yuborilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak.

8. Bajarish muddatlari faqat topshiriqni imzolagan rahbar tomonidan uzaytnrilishi mumkin.

1. Davlat hokimiyati va yuqori boshqaruv organlarining qarorlarinn hayotga tadbiq etishga ko’maklashish, viloyat hokimligi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish hamda boshqarmalar, idoralar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xo’jalik boshqaruvi boshqa organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan uning komissiyalari, shuningdek boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin. Viloyat hokimligi ularning vazifalarini, funktsiyalarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi.

2. Komissiyalar majlislari hokim yoki uning o’rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadigan viloyat hokimligining yillik (choraklik) ish rejalari asosida o’tkaziladi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash

3. Viloyat hokimligi o’z vakolatlari doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqilishini ta’minlaydi.

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 07.12.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft