76142024-09-27 07:16
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” xalqaro festivali boshlandi
Marg‘ilon shahridagi Hunarmandchilikni rivojlantirish markazida “Atlas bayrami” VI xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2015 yildan buyon YuNESKO va O‘zbekiston hukumati hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan festivalga xorijiy davlatlardan 60 nafar soha mutaxassislari kelgan.
Tadbirda Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘tkazilgan trening qatnashchilariga sertifikatlar topshirildi. “Atlas bayrami” doirasida “Yodgorlik” korxonasida an’anaviy mato to‘qimachiligi bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tkazildi.
Erkin Vohidov nomidagi Ijodkorlar bog‘ida qo‘shni respublikalar hamda viloyatlardan tashrif buyurgan usta hunarmandlar o‘z asarlari bilan qatnashdi.








