Farg'ona viloyat hokimligida maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma'lumotlar ro'yxati
1. Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma'lumotlari to'g'risidagi axborotlar.
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti to'g'risidagi axborotlar, xuddi shuningdek uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
3. Axborot manbai yoki taxallus bilan imzo chekkan muallif to'g'risidagi axborotlar, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
4. Yozishmalar, telefondagi so'zlashuvlar, qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikasiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar siri to'g'risidagi axborotlar.
5. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan ma'lumotlar.
6. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir ma'lumotlar.
7. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan ma'lumotlar.
8. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan bank siri, shaxsni sug'urtalash va vasiyat siri.
9. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan (vrachlik siri, notarial harakatlar, advokatlik siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bog'liq ma'lumotlar.
10. Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mohiyati to'g'risidagi ma'lumotlar, ular haqidagi ma'lumotlar rasmiy tarzda e'lon qilingunga qadar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!