Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

Viloyat hokimining
2018 yil "5" martdagi
118-son qaroriga
2-ilova

Viloyat hokimligi boshqaruv apparati to'g'risida
Nizom

    1. Ushbu Nizom "mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyat hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o'rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas'uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
    2. Boshqaruv apparati o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, "mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
    3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo'jalik jihatidan ta'minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy choratadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.
    Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko'rsatilishini ta'minlaydi.
    4. Boshqaruv apparati o'z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 22.12.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft