Viloyat (shahar) hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi to'g'risida
NAMUNAVIY NIZOM
1. Ushbu Nizom "mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasi "mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qarori qaroriga muvofiq viloyat (shahar) hokimligi tashkiliy-nazorat guruhining vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas'uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Tashkiliy-nazorat guruhi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, "mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashining va viloyat (shahar) hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Tashkiliy-nazorat guruhi o'z faoliyatini viloyat (shahar) hokimi rahbarligida amalga oshiradi.
4. Tashkiliy-nazorat guruhi o'ziga Yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda viloyat (shahar) hokimining ko'rsatmasaiga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi.