Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3662025-03-27 12:06

Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida farg‘onalik yoshlar yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743059153606.jpg

Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida farg‘onalik yoshlar yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi

Yurtimizda asosiy fan olimpiadasi maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan nufuzli tanlov bo‘lib, u bir nechta bosqichdan iborat. Respublika bosqichi esa eng yuqori darajadagi musobaqa hisoblanadi va unda viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etadi.

Shu ma‘noda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo, Andijon hamda Samarqand viloyatlarida tashkil etilgan tanlovning Respublika bosqichida farg‘onalik o‘quvchilar ham faol ishtirok etib, faxri o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Farg‘ona shahridagi 2-IDUM o‘quvchilari Islomjon Hasanov ingliz tili fanidan, Yun Darya rus tili va adabiyoti fanidan, Dang‘ara tumanigi 1-IDUM o‘quvchisi Shavkatjonov Nozimjon fizika fanidan 1-o‘rinlarga ega chiqishgan bo‘lsa, Qo‘qon shahridagi 20-maktab o‘quvchisi Suncheleeva Sabina rus tili va adabiyoti fanidan 3-o‘rinni oldi.

Shuningdek, asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida geografiya fanidan faol ishtiroki uchun Rishton tumani 10-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchisi Qodiralieva Mehribon, Farg‘ona shahar 24-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchisi Hamroqulov Nurbek, Uchko‘prik tumani 19-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchisi Numonova Muqaddasxon Koreya davlatining nufuzli universiteti "AJOU University"ning Toshkent shahridagi filialiga muddatidan avval 100 foiz grant asosida talabalikka qabul qilindilar.

Ma‘lumot uchun, olimpiada natijalariga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq pul mukofotlari va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fanidan OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, g‘olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083289371602210.jpg

«Vatan yagonadir, vatan bittadir»

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083249600106940.jpg

“Tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha tuman mahallalarida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish”

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083094723128570.jpg

“Birlashgan o‘zar”

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2083093380834065.jpg

“ Vatan yagonadir, Vatan bittadir”

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2082973110042335.jpg

Dang‘ara tumanida kitob yarmarkasi tashkil etildi

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2082966877369265.jpg

Xalq deputatlari Dang‘ara tumani Kengashining Yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 01.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft