Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

194616:20 / 05.08.2023

Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi

/images/about-city/Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi.png

Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi zahiraxonalarida vodiy tarixining barcha davriga mansub buyumlarning boy kolleksiyasi yig‘ilgan. Umumiy hisobda muzey eksponatlarining soni 90 ming donadan ortiq. Mazkur muzey O‘zbekistondagi eng keksa muzeylardan biridir. Unga 1894-yilning kuzida Yangi Marg‘ilon (hozirgi Farg‘ona) shahrida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligi va sanoat ko‘rgazmasi asos bo‘lgan. Oradan bir yil o‘tib, 1895-yil 2-noyabrda Farg‘ona viloyat harbiy gubernatorining buyrug‘iga ko‘ra, gubernator uyining ikkinchi qavatidan to‘rtta xona muzey uchun ajratib berildi. Bugungi kunda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi barcha turdagi zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular ilmiy-tadqiqot ishlarida katta samara bermoqda. Muzey xodimlari tomonidan qator monografiyalar nashrdan chiqarildi. Muzeyning katta ilmiy xodimi G. P. Ivanov O‘z. R. FA. Arxeologiya instituti bilan hamkorlikda «Ahmad al-Farg‘oniy davrida Quva shahri» nomli monografiyasini ikki tilda (o‘zbek va ingliz tillari) nashr ettirdi. N. Abdulahatov «Ahmad al-Farg‘oniy», «Mo‘yi muborak» va «Burhoniddin al-Marg‘inoniy davri va uning avlodlari» nomli qator risolalarni nashrdan chiqarib, keng jamoatchilik orasida e’tibor qozondi. Ayniqsa G. P. Ivanovlarning hammualliflikda uchta tilda chiqargan “Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi” nomli rangli katalog muzeyda muhim hodisa bo‘ldi. Bulardan tashqari har yili Farg‘ona muzeyi xodimlarining ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari chet el va Respublikamiz ilmiy nashrlarida e’lon qilib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Boshqa muzeylar

Boshqa muzeylar

/images/about-city/muzey_margilon.png

Marg‘ilon shahar tarixi muzeyi

/images/about-city/fasad_doma_muzeya_uvaysi.png

Jahon Otin Uvaysiy uy muzeyi

/images/about-city/dvorets-hudoyar-hana.png

Qo‘qon tarixi va madaniyati davlat muzeyi

/images/about-city/museum/qoqon amaliy san'at.jpg

Jome' amaliy san'at muzeyi

/images/about-city/museum/muqimiy hujra.jpg

Muqumiy hujra muzeyi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@fergana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.04.2026 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft