Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
2
1
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1762024-08-21 07:07

Grant tanlovi e’lon qilinadi

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi “Jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishda Jamoat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantini ajratish uchun 3-tanlovni e’lon qiladi.1. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish.- Aholini reproduktiv salomatligini mustahkamlash, bolalarning tug‘ma kasalliklar va nuqsonlar bilan dunyoga kelishini oldini olish va profilaktikasiga bag‘ishlangan materiallar tayyorlash, aholi o‘rtasida targ‘ib etish;- Aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini mahallalar, ta’lim-tarbiya muassasalarida keng targ‘ib qilish. Shuningdek, turli yuqumli kasalliklarga chalinish holatlarini oldini olishda, tibbiyot muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikni, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.- Aholi o‘rtasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish, qon donorligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish. Shuningdek, Fuqarolik jamiyati institutlari va aholi ishtirokida donorlik aksiyalarini o‘tkazish, ommaviy axborot vositalari orqali qon donorligi ahamiyatini keng targ‘ib qilish.2. Hududlarda ishsiz yoshlarni aniqlash, xorijiy tillarga o‘qitish, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash.- Hududlardagi MFYlar bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni aniqlash, ro‘yxatini shakllantirish va malakali xorijiy tillarni o‘rgatuvchi mutaxassislarni jalb qilish.- Hududlardagi umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yuzasidan mehnat darslarining amaliy soatlariga (Usta) mutaxassislarni jalb qilish orqali “Usta-shogird” an'analarini yo‘lga qo‘yish.- Yoshlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish, ularni yangicha fikrlashga, kashfiyotchilik qobiliyatlarini yuksaltirishga, axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi g‘oyalar, takliflar va loyihalarni ishlab chiqishga yo‘naltirish.3.Tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof muhitni yaxshilash.- Qishloq joylardagi aholi punktlarida obodonlantirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;- Suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;- Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga NNT va fuqarolik jamiyatining institutlarini jalb qilish.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘irisida”gi Farmonni ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyatida ichki turizimini yanada rivojlantirish diqqatga sazovor joylarni tarixiy obidalarni asrab-avaylash, kelgusi avlodimizni xabardor qilish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.- Farg‘ona viloyatining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalarini video tasvirga olish, har bir obyekt bo‘yicha alohida videoroliklar tayyorlash. Videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari, rasmiy Telegram kanallari orqali namoyish qilish orqali ziyoratchi-sayyohlarni jalb qilish.- Viloyatdagi barcha ziyoratchi-sayyohlarni qabul qilish maskanlarni ro‘yhatini shakllantirish, veb-mobil ilovalar yaratish. Veb-mobil ilovada ziyoratchilarni maskanlarini ko‘rinishi, qamrovi, sharoiti, joylashuvi hamda qo‘shimcha ma’lumotlar aks etgan bo‘lishi lozim.- Hududlardagi aholi xonadonlarining sanitariya-epidemiologik (gigenik) osoyishtaligini ta’minlash va uy turizimlariga moslashtirish yuzasidan aholining sog‘lom turmush tarzini yaxshilash, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda davlat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo'yish.5. Jamiyatda tinchlik va totuvlik hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni axborot kommunikatsiya texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalangan holda amalga oshirish.- Hududlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish yuzasidan videorolik, taqdimot va bukletlar ko‘rinishdagi ma’lumotlarni internet va ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan, mashhur mahalliy vaynerlar va blogerlar kanallarida tarqatish;- Millatlararo hamda konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashda Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;- Mamlakatimizda taqiqlangan turli ekstremistik, terorristik tashkilotlar, shaxslar hamda noqonuniy diniy mazmundagi materiallar tarqatishning salbiy oqibatlari haqida 3-5 minutlik videorolik va video material, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha uchrashuvlar hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.6. Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish.- Nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, sohadagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;- Ijtimoiy sheriklik sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlaridagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish va ularni tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ekspertlarning fikr-mulohozalari va takliflarini muhokama qilish;- NNTlar va davlat organlari o‘rtasida muloqotlar o‘rnatish borasida seminar treninglar o‘tkazish orqali erkin “Muloqot maydonchasi”ni tashkil qilish.Ma’lumot uchun: Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi hamda OAVlarida yoritib borishni yo‘lga qo‘yish.Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;2.Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining telegramdagi “https://t.me/UzNNT_Fargona_viloyat” guruhiga joylashtirilgan talablar shaklida to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; 5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.7.Tashkilotni hududiy Davlat soliq inspeksiyasidan qarzdor emasligi haqida ma’lumotnomasi.Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 70 mln. so‘mgacha.Hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 21-avgustdan 23 sentyabrgacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format) Farg‘ona shahri B.Marg‘iloniy ko‘chasi 105-uy manzilidagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyining 2-qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi so‘raladi.Ma’lumot uchun telefon: (93) 732-77-87, (99) 002-75-00.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

FARG’ONA VILOYATI HOKIMLIGI XORIJDA TA'LIM OLGAN YOSHLARNI HAMKORLIKKA CHORLAYDI

2782022-02-10 11:17

Hurmatli tadbirkorlar va o‘z faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan ishbilarmonlar!!!

2442018-06-04 11:14

So‘x tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 16 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga malakali o‘qituvchilar ishga taklif qilinadi

1882023-08-05 08:27

DIQQAT, E’LON!

1582023-12-12 06:55

Davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi e’lon qilinadi

1662024-08-21 06:51
Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 21.11.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft