Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2025/2026 o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2025/2026 o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilinadi. Tayyorlash kursiga o‘ttiz to‘rt yoshdan kichik bo‘lmagan (shuningdek, joriy yilning 31-dekabr kuniga qadar o‘ttiz to‘rt yoshga to‘ladigan), oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash bir yillik magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha davlat grantlari asosida amalga oshiriladi. Talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim: - tayyorlash kursining tegishli ixtisosligini ko‘rsatgan holda Sudyalar oliy maktabi direktorining nomiga ariza; - shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) nusxasi; - ma’lumotnoma-obyektivka (yozma va elektron shaklda); - tayanch oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr diplomi (ta’lim yo‘nalishi: yurisprudensiya; ta’lim shifri: 5240100 yoki 5380100) va ilovasining notarial tarzda yoki tashkilotning kadrlar bo‘limida tasdiqlangan nusxalari, agar diplom tan olingan (nostrifikatsiya qilingan) bo‘lsa, bu haqdagi hujjat nusxasi; – mehnat daftarchasining notarial tarzda yoki tashkilotning kadrlar bo‘limida tasdiqlangan nusxasi yoki my.gov.uz interaktiv xizmatlari orqali olingan va maxsus kod (QR-kod) mavjud bo‘lgan elektron nusxasi; – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 31-dekabrdagi 363-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan shakldagi odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yo‘qligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma (086/1 shakl). Talabgorlardan ariza va hujjatlar 2025-yilning 22-iyul soat 09:00 dan 31-iyul soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Ariza va hujjatlar viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudyalari malaka hay’atlari yoki bevosita Sudyalar oliy maktabi qabul komissiyasiga taqdim etilishi mumkin. Ma’lumot uchun tel: (998) 55-501-02-40. Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy. Qabul komissiyasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar diqqatiga!
FARG’ONA VILOYATI HOKIMLIGI XORIJDA TA'LIM OLGAN YOSHLARNI HAMKORLIKKA CHORLAYDI
Hurmatli tadbirkorlar va o‘z faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan ishbilarmonlar!!!
So‘x tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 16 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga malakali o‘qituvchilar ishga taklif qilinadi
Grant tanlovi e’lon qilinadi