Viloyat hokimi Shohimardonda bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi








Farg‘ona tumanida joylashgan Shohimardon qishlog‘i xushmanzara tabiati, zilol soylari, purviqor tog‘lari bilan mashhur. To‘rt faslda ham bu maskan dam oluvchilar bilan gavjum. Hududda turizmni rivojlantirish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan amaliy ishlarga kirishilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Shohimardonda bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, hududni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi.
Viloyatning mas‘ul boshqarma va tashkilotlari rahbarlariga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.
Ayni kunlarda memorial muzeyni ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda. 1600 o‘rinli amfiteatr qurilmoqda. Viloyat rahbari muzeyda bo‘lib, qurilish jarayonlarini yakunlash, eksponatlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Istirohat bog‘i, dam olish komleksi, “Hazrat Ali” majmuasi va boshqa obyektlarning loyihalari bilan tanishib, ularni takomillashtirish, dam oluvchilarga qulay sharoitlar yaratish borasida topshiriqlar berildi. Shuningdek, mas‘ullarga qishloqning markazini arxitektura talablari asosida loyihasini ishlab chiqish, hududni ko‘kalamzorlashtirish, dam olish maskanlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda