Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1542025-04-19 14:29

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745054910311.jpg

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Farg‘ona viloyati delegatsiyasi a‘zolari ishtirok etishdi.

Tadbirda bobokalonimizning ibratli hayoti, serqirra faoliyati, ilm-fan rivoji yo‘lidagi olamshumul ishlari bugun ham jahon ahlini hayratga solib kelayotgani yana bir bor ta‘kidlandi. Hurmat va ehtirom uchun turkiyalik qardosh xalq vakillariga minnatdorchilik bildirildi.

Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy 797-865 yillarda yashab ijod qilgan. U Farg‘onada tavallud topgan. Yevropada Al-Fraganus nomi bilan shuhrat qozongan. Olim astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan mukammal shug‘ullangan. Qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. U Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan hamda 832-833 yillarda Suriya shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridiani bir darajasining uzunligini aniqlashda qatnashgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745122203106.jpg

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745118956033.jpg

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745053756504.jpg

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745046669577.jpg

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft