Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi








Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xenan provinsiyasi Luo Yang shahridagi "Shi Ying Machinery" hamda "Luoyang" kompaniyalarida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
"Shi Ying Machinery" kompaniyasida turli rusumdagi traktorlar, "Luoyang"da esa yo‘l va qishloq xo‘jaligi uchun texnika hamda traktorlar ishlab chiqariladi. 50 dan 300 ot kuchiga ega bo‘lgan traktorlarni yig‘ish sanoatiga ega kompaniyalar Xitoyda yetakchi o‘rinni egallaydi. Yo‘l xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan texnikalar ham yuqori sifati, ish unumdorligi bilan xaridorgir. Ayni kunlarda elektrotraktorlar yaratish borasida ishlar olib borilmoqda.
Endilikda yangi dizayn va ko‘plab afzalliklarga ega traktorlarni Farg‘onada ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kompaniya rahbari Li Shiying va rasmiylar bilan o‘tkazilgan muzokaralarda traktorlar ishlab chiqarish loyihasini boshlash masalalari muhokama qilindi.
Quvasoy shahridagi sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 100 million dollar bo‘lgan, birinchi bosqichda 30 million dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan traktorlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. 2025-yilning yakuniga qadar milliy brend asosida bir nechta rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi.
Uchrashuv yakunida "yo‘l xaritasi" asosida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi