Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi




Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi 1–3-oktabr kunlari Quvayt poytaxtida O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi va “Ochiq eshiklar kunlari” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ularda yurtimiz tadbirkorlari qatorida Farg‘ona viloyati vakillari ham faol ishtirok etdi. Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazi rahbari Ibrohimjon Sultonov tomonidan namoyish etilgan gilamlar va hunarmandchilik mahsulotlari, ayniqsa, quvaytliklarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, Quvayt ishlab chiqaruvchilari va treyderlari ishtirokidagi o‘tgan B2B uchrashuvlari doirasida “Dilrabo Travel” kompaniyasi rahbari Sadafbek Husanboyev “Unique Travel” kompaniyasi bilan 2026-yil aprelda O‘zbekistonga 300 kishilik dastlabki turni tashkil etish bo‘yicha 1,5 million dollarlik shartnoma imzoladi. Quvaytlik turistlar uchun onlayn tizim orqali maxsus tur paketlarni sotib olish imkoniyati yaratilgani ma’lum qilindi. Quvaytning yana 4 ta yirik turistik kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish, Farg‘ona viloyatiga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Bag‘dod tumanida faoliyat yuritayotgan “Orient organic technology” korxonasi rahbari Doniyorjon Jo‘rayev esa tabiiy yuvish vositalari, quritilgan bodom, mayiz va olxo‘ri yetkazib berish bo‘yicha quvaytlik importyorlar bilan hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarni amalga oshirdi. Bu kelishuvlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz va sayyohlik sohasi rivoji uchun muhim qadam bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi

Viloyatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda

Hamidjon Rahimov, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori