Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga muvofiq, mamlakatimiz bo‘ylab turizm ob‘ektlari, aeroportlar, vokzallar, avtoshohbekatlar hamda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sanitariya-gigiena sharoitlari, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi kabi masalalar o‘rganilmoqda. Shu maqsadda Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi. Dastlab, Respublika, viloyat hamda hududiy ishchi guruhning a‘zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda turizm ob‘ektlarida yaratilgan sharoitlarning sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalariga mosligi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulayliklar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishda Respublika ishchi guruhi rahbari M.Hayitova, viloyat hokimi o‘rinbosarlari X.Ahmedov va Sh.Polvonov, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar. Mazkur o‘rganish natijalari asosida viloyatda mavjud ob‘ektlarning holati tahlil qilinib, sanitariya-gigiena talablari hamda inklyuziv sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi