Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi










Bugun erta tongdan shahardagi Ijodkorlar bog‘i yurtdoshlarimiz, mehmonlar bilan yanada gavjum bo‘ldi. Festivalь doirasida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari, maqom chiqishlari hamda askiya sayli tashkil etildi. Tadbirlarda yurtimiz hududlaridan, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon hamda qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistondan maqom ijodiy jamoalari, hunarmandlar, san‘at ixlosmandlari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar qatnashmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov festivalь doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi. Xalq og‘zaki ijodiyotining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, davlatlararo, xalqlararo do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash bosh maqsadi bo‘lgan festivalь avvalida mehmonlar milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi va hunarmandchilik namunalari bilan tanishdilar. Viloyat rahbari har bir ko‘rgazmani ko‘zdan kechirib, usta hunarmandlarning qo‘l mehnati mahsulotlarini yuqori baholadi. Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hunarmandlarining namoyish etgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Maqom san‘ati ustalari, folьklor jamoalarining dasturi esa yanada shukuhli kechmoqda. Festivalь doirasida so‘z san‘ati ustalari ishtirokida “Askiya sayli” ham bo‘lib o‘tdi. Vodiy viloyatlari askiya va qiziqchilik san‘ati ustalarining ichakuzdi askiyalari barchaga quvonch va tabbasum ulashdi. “Nomoddiy madaniy meros fenomeni: Askiya va qiziqchilik san‘ati” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Shuningdek, rassomlar ko‘rgazmalari, folьklor jamaolari tomonidan tayyorlangan xalq og‘zaki ijodi namunalari festivalь davomida ishtirokchilar e‘tiborini tortmoqda. Ayni damda “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilarining chiqishlari hakamlar hay‘ati tomonidan baholanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Viloyatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda

Hamidjon Rahimov, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda