Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi



Farg‘ona shahrida tekstilь va to‘qimachilik sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda viloyatdagi mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan korxonalar va paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari, tijorat banklari hamda tegishli idoralar mutasaddilari ishtirok etdi. Uchrashuvda Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Nozim Xolmurodov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari Mirzohid Ubaydullaev va Nuriddin Mamajonov so‘zga chiqib, dunyo tajribasi, xususan, Bangladesh davlatining bu borada erishgan yutuqlari misolida sohani yangi bosqichga olib chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta‘kidladi. Tadbirda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish zarurligiga alohida e‘tibor qaratildi. Shu bilan birga tadbirkorlarning qator muammolari — malakali kadrlar etishmasligi, zamonaviy tikuv dastgohlariga ehtiyoj, bank kreditlaridan foydalanish imkoniyatlari, mahsulotlar sifatini oshirish hamda Evropa va boshqa xorij bozorlariga chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Murojaatlar yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi. Shuningdek, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularga amaliy echim topish maqsadida mutaxassislar ishtirokida ishchi guruh tashkil etilishi ma‘lum qilindi. Uchrashuv yakunida viloyatda tekstilь va to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi

Viloyatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda