Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

192025-10-02 21:06

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421088995.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421105096.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421110341.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421116287.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421123252.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421129643.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421134805.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421138900.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421145270.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1759421149356.jpg

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi Ikki ming yillik tarixga ega ko‘hna va navqiron Marg‘ilon shahri bugun yana bir nufuzli tadbirga mezbonlik qildi. Shahar markazidagi Ijodkorlar bog‘ida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali - do‘stlik va san‘at bayrami ko‘tarinkilik bilan bo‘lib o‘tdi. Festivalь doirasida o‘tgan tanlovda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va mamlakatimiz viloyatlaridan kelgan san‘atkorlar turli yo‘nalishdagi maqomlarni mohirona ijro etdilar. Ishtirokchilarning har bir chiqishi hakamlar hay‘ati tomonidan munosib baholab borildi. Tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov viloyat hokimi Hayrullo Bozorovning festivalь ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. "Halqaro musiqa festivaliga katta ashula piri deb nom olgan Jo‘raxon Sultonov, mashhur raqqosa Tamaraxonim, xalq hofizi Ma‘murjon Uzoqov, buyuk so‘z ustasi Yusufjon qiziq Shakarjonov kabi dunyoga taniqli ko‘plab san‘atkorlar etishib chiqqan Marg‘ilon shahri mezbonlik qilayotganida ham o‘ziga xos ramziy ma‘no mujassam. Bizning qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlarimizning ramzi bo‘lgan maqom san‘ati teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an‘analari bilan ma‘naviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi", - deya e‘tirof etildi tabrik so‘zida. Shundan so‘ng festivalь qatnashchilari faol ishtiroki va mahoratli ijrolari uchun viloyat hokimligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Festivalь yakunida badiiy jamoalar va taniqli san‘atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi yig‘ilganlarga yanada bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 03.10.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft