Quvasoy shahrida iftorlik marosimi o‘tkazildi








Nuroniylar, mehnat faxriylari, ulamolar va ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor va ehtiyojmand yurtdoshlarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tgan iftorlik marosimida Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, korxona va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Mazkur marosim davomida Toshkent shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan iftorlik marosimi jonli efirda, katta ekranda namoyish etildi.
Davlatimiz rahbari iftorlik oldidan so‘zlagan nutqida mamlakatimizda ehtiyojmand, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni "Inson qadri uchun" tamoyili ostida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, milliy urf-odatlarimiz, milliy an’analarimiz, va muqaddas dinimizga xos qadriyatlar xususida to‘xtalib o‘tib, hamyurtlarimiz dasturxoniga to‘kin-sochinlik, yurtimizga tinchlik-omonlik, savobli amallarni ado etayotgan ro‘zadorlarga sabr-qanoat tiladi.
Iftorlik marosimida Qur’on o‘qilib, yurtimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan xalqparvar siyosat, tinch-osuda hayotimiz va ko‘p millatli xalqimiz farovonligini tilab, duolar qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha tuman mahallalarida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish”

“Birlashgan o‘zar”

“ Vatan yagonadir, Vatan bittadir”

Dang‘ara tumanida kitob yarmarkasi tashkil etildi

Xalq deputatlari Dang‘ara tumani Kengashining Yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy munosabat