O‘zbekiston – Jahon Kubogida 41 davlat ichida faxrli ikkinchi o‘rinda!









Kikboksing bo‘yicha dunyo miqyosidagi yuksak yutuq!
2025-yil 7–12-aprelь kunlari Taylandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan Kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi musobaqalari O‘zbekiston sporti tarixida yana bir yorqin sahifani ochdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z salohiyati, matonati va siniqsiz irodasi bilan xalqaro arenada yorqin natijalarga erishdi.
Musobaqa doirasida «Engil kontakt» yo‘nalishi bo‘yicha o‘smir qizlar (-55 kg) orasida Farg‘ona tumani, Log‘on qishlog‘ining istiqbolli sportchisi Ravshanova Gulsanamxon Begzodjon qizi 3-o‘rinni egallab, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Gulsanamxon bungacha ham yuksak yutuqlarga erishgan bo‘lib:
- 1 marotaba Taekwondo ITF bo‘yicha,
- 1 marotaba Kikboks bo‘yicha
Jahon chempioni bo‘lgan.
Shu munosabat bilan Farg‘ona tumani hokimligi binosida Gulsanamxonning murabbiylari va sport federasiyasi vakillari ishtirokida tuman hokimi Xamidullo Inomovga yoshlar sportini rivojlantirish, ularning xalqaro maydonlardagi ishtirokiga yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston Kikboksing federasiyasi tomonidan tashakkurnoma topshirildi.
Farg‘ona tumani hokimligi Gulsanamxon Begzodjon qizini chin yurakdan tabriklab, uning maktab ma‘muriyati, Kikboks federasiyasi, ustoz va murabbiylariga chuqur minnatdorchilik bildiradi. Ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishlarida omad tilaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Oltiariq tumani axborot-kutubxona markazida zamonaviy essenavis

Oltiariq tumanida dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

PAXTADAN YuQORI DAROMAD OLING – PREZIDENTIMIZ YaRATIB BERGAN

Oltiariqda aholi tomorqalari va ijara erlaridan samarali foydalanish bo‘yicha

Oltiariq tumanida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida

Oltiariqlik OTM bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.