Viloyat hokimi Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi







Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega "Woerde Group" kompaniyasi prezidenti Shan Syuemey boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi.
Mazkur kompaniya qurilish industriyasi, logistika, konsalting, turizm, madaniyat kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi, 43 ta korxonalarni o‘zida birlashtirgan.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan olib borilayotgan ishlar, mahsulotlar taqdimot qilindi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu kabi klasterga ega korxonalar uchun Farg‘onada loyihalar amalga oshirishda qulay imkoniyatlar borligini bildirib, hamkorlikka tayyorligini ma‘lum qildi.
Uchrashuvda hamkorlik shartnomasi tuzilib, kompaniya vakillari bilan amaliy ishlarni boshlashga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda