Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3122025-04-18 06:12

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938518123.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938522122.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938525001.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938528552.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938531296.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938534429.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938540452.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938543341.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938549856.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744938553218.jpg

Shandun provinsiyasining Szinan shahrida “Yangi Ipak yo‘li ko‘prigi — Shandun va O‘zbekistonning hamkorlikdagi rivojlanishi” mavzusida Farg‘ona-Shandun biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat delegatsiya hamda 150 nafarga yaqin shandunlik ishbilarmonlar ishtirokidagi forum ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda o‘ziga xos muloqot maydoni bo‘ldi.

Viloyat hokimi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichda davom etayotganligini, bu hududlararo hamkorlikni faollashishiga xizmat qilayotganligini ta‘kidlab o‘tdi. Ayniqsa, Shandun provinsiyasidagi kompaniya va tadbirkorlar bilan viloyatimizda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani e‘tirof etildi. Barcha yo‘nalishlardagi tashabbus va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirilib, ishbilarmon doira vakillarini Farg‘onaga taklif qildi.

Shandun Savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari Sun Meyszyuy ikki hudud iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish xususida so‘z yuritdi.

Biznes-forumda viloyatning investitsion imkoniyatlari va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma‘lumot berildi.

Forum davomida shandunlik ishbilarmonlar birgalikda amalga oshirish uchun o‘nlab turli soha va yo‘nalishlarni qamrab olgan loyihaviy taklif va tashabbuslar taqdimotini o‘tkazdi.

"Woerde Group" kompaniyasi Farg‘ona viloyatining bu yerdagi vakili etib tayinlanganligi ma‘lum qilindi.

Forumda 200 mln dollarlik shartnomalar imzolandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745054910311.jpg

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745053756504.jpg

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745046669577.jpg

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744941858794.jpg

Xitoylik investorlar Farg‘onada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagini bildirishmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940511105.jpg

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft