Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

842025-02-21 17:09

“Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139711748.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139720321.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139728354.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139734246.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139739137.jpg

Uchko‘prik tumanidagi “Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida viloyatimizda tikuv-trikotaj yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev, viloyat tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari hamda shahar-tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari, tikuv-trikotaj yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida mahalliy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, hududlarda “Boboshbek” tajribasi asosida tikuv-trikotaj sexlari faoliyatini tashkil etish va aholi bandligini ta‘minlash borasida yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, tikuv-trikotaj yo‘nalishida yangi tovar nomenklaturalarini shakllantirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, jahon andozalari asosida mahsulotlar turi va sifatini oshirish, eksport hajmlarini ko‘paytirish kabi muhim masalalar muhokama qilinib, tikuv-trikotaj yo‘nalishidagi tadbirkorlarning muammo va takliflari eshitildi, ularga yechim topish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

“Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasi haqida taqdimotlar o‘tkazildi, tikuv-trikotaj sexlari faoliyati bilan tanishildi. Viloyatimizning shahar-tumanlaridan kelgan tadbirkorlar bilan B2B muloqotlar o‘tkazilib, savdo va ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740152074954.jpg

Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740117123371.jpg

Farg‘onada vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740070146815.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Chu Hongyuni qabul qildi

http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2079333887672575.jfif

Ayrim dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739956932067.jpg

Hasanqoralik millioner tomorqachilar; har qarich erdan unumli foydalanib, mo‘may daromad topmoqda

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 22.02.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft