Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi





Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Uning ochilish marosimida oliygoh rahbariyati, professor-o‘qituvchi va talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov va boshqalar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritib, mazkur barpo etilgan talabalar turar joyi shu ishlarning uzviy davomi ekanligini ta’kidlashdi.
Ramziy lenta qirqilib ishtirokchilar talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ma’lumot o‘rnida, Prezidentimizning 2023-yil 26-yanvardagi qaroriga muvofiq, Farg‘ona shahrida oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi

Viloyatdagi barcha kasbiy ta‘lim tashkilotlari uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

“Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Farg‘onada vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Chu Hongyuni qabul qildi