Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1052025-02-22 11:44

2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740206157210.jpg

2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-fevral kuni “2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Tashkiliy qo‘mita bir hafta muddatda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda Konsepsiya asosida ishlab chiqiladigan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash bo‘yicha tashkiliy-amaliy, madaniy-ma‘naviy hamda targ‘ibot tadbirlari dasturini tasdiqlab, shuningdek, uning amalga oshirilishini ta‘minlaydi.

Joylarda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan barcha tadbirlarni milliy qadriyat va an‘analarimiz hamda bugungi islohotlarimizning ma‘no-mohiyatiga, Konsepsiyada bayon etilgan asosiy yo‘nalish va tavsiyalarga mos holda, yuksak darajada tashkil etish, ularda yurtdoshlarimizning faol ishtirokini ta‘minlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida e‘tibor qaratiladi:

- bayram tadbirlarini borliqning uyg‘onishi, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona zaminga mehr va e‘tiborni ifoda etadigan, yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan ta‘sirchan mazmun va shakl bilan o‘tkazish;

- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning kundalik hayoti, ongi va dunyoqarashida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar Navro‘zning insonparvarlik va inklyuzivlik mohiyatiga, azaliy qadriyat va an‘analariga hamohang ekanini aks ettirish;

- bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e‘zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun bayram dasturxoni yozish hamda turli xayriya tadbirlarini o‘tkazish;

- “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, bayram arafasida barcha hududlarda, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarini, umumxalq hasharlarini o‘tkazish;

- jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlash maqsadida yurtimizda yashayotgan turli millat va elatlar vakillarining milliy urf-odatlari, an‘ana va qadriyatlarini keng namoyish qilish;
- bayram tadbirlari davomida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, kitob ko‘rgazmalari, arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, ko‘chma savdo do‘konlari tashkil etish, ko‘klam taomlarini tayyorlash hamda bu borada ko‘rgazmali savdo va tanlovlarni uyushtirish;

- barcha shahar va qishloqlarda o‘tkaziladigan bayram tantanalarida, ommaviy axborot vositalarida Navro‘z bayramining tarixi, har bir hududda uni nishonlash bilan bog‘liq udum va an‘analarni keng targ‘ib qilish.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740205186853.jpg

Viloyatdagi barcha kasbiy ta‘lim tashkilotlari uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740152074954.jpg

Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139711748.jpg

“Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740117123371.jpg

Farg‘onada vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740070146815.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Chu Hongyuni qabul qildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 22.02.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft