Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1182025-05-09 15:32

Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786596576.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786603128.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786608846.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786612484.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786619334.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786627293.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786632235.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786636640.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786639690.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1746786647272.jpg

“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirlari doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushining og‘ir kunlarini boshidan kechirgan 85 yoshli Fatina Sharipova hamda 97 yoshga to‘lgan Larisa Sharovani yo‘qlab, Davlatimiz rahbarining tabrigini etkazib, pul mukofotlarini topshirdi. Onaxon Qrimning Feodosiya shahrida tug‘ilgan. Fatina Sharipovaning bolalik yillari nemis-fashistlarning Gannover-Alem konslagerida o‘tgan. Urushdan so‘ng O‘zbekistonga jo‘natilgan Fatina Sharipova, dastlab Buxoro shahrida, 1964 yildan Farg‘ona shahrida yashab keladi. Uzoq yillar davomida ta‘lim sohasida samarali faoliyat olib borgan. Viloyat hokimi bilan bo‘lgan samimiy suhbat chog‘ida u yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnunligini bildirib, ayniqsa, sportga qaratilayotgan e‘tibor haqida to‘xtalib o‘tdi. 85 yoshida bo‘lishiga qaramay, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishini ta‘kidladi. Viloyat rahbari uning faolligini boshqalar uchun ibrat ekanini qayd etib, buni aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Farg‘ona shahar “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Larisa ona Sharova ham mehmonlarni katta quvonch bilan qarshi oldi. U O‘zbekistonni yashash uchun eng qulay va serquyosh yurt sifatida alohida ta‘kidlab, shukronalik hislarini aytib o‘tdi. Larisa Sharova Stalingrad qamalida urushning eng og‘ir, dahashatli kunlarini boshidan kechirgan. Viloyat hokimi onaxonlarga Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, ularga 25 million so‘mdan pul mablag‘lari, “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medali hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Onaxonlar ko‘rsatilgan yuksak e‘tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlat rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 10.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft